So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

Bunyodkor – Neftchi. 0:1. "Neftchi"ning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi! Yangiliklar

Bunyodkor – Neftchi. 0:1. "Neftchi"ning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi!

Oliy liganing 7-turidan o'rin olgan Bunyodkor – Neftchi uchrashuvning matnli translyaciyasini shu erda kuzatib borish mumkin bo'ldi.
 
                                   MATNLI TRANSLYACIYA
                                           
YANGILASH



18:00 - Bunyodkor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona) 0:1

Gol: Ro'zimboy Ahmedov 25.


Hakamlar:
 V. Kovalenko (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), A. Kalinin (Toshkent), SH. Qayumov (Jizzax)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).

“Bunyodkor”:  45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov ( 4.Xayrulla Karimov 51), 6.Anvar G'ofurov,  9.Minori Sato, 11.Mirzohid G'ofurov(40.Temur Ayupov 45), 14.Vohid SHodiev, 15.Obid Jo'raboev,  16.Artyom Filiposyan, 17.Dostonbek Hamdamov (39.Eldor SHomurodov 80), 21.Sardor Rashidov, 27.Sardor Sobirxo'jaev
Zaxira: 1.Pavel Bugalo, 8.Javlon Ibroximov,  20.Samir Bekrich,  48.Akramjon Komilov

"Neftchi": 30.Evgeniy CHeremisin, 3.SHukurali Po'latov, 6.Baxtiyorjon Yoqubov ( 21.Muxsinjon Ubaydullaev 84),  7.Mansurjon Saidov, 18.Javoxirbek Rasulov, 20.Dilyorbek Ermatov,  22.Ro'zimboy Ahmedov ( 10.Murodbek Bobojonov, 62), 32.Jahongir Mehmonov, 33.Sardor Rahmonov,  38.Abbosbek Maxstaliev, 44.Umidjon Qodirov
Zaxira: 1.Sergey Smorodin, 4.Oybek Nurboev, 8.Akmal Xolmatov, 9.SHerzod Hakimov, 28.Abdulloh Olimov

Ogohlantirishlar: Ermatov 11, Minori 14, Po'latov 58, Saidov 77.

CHetlatish: SHodiev 82.



Sizlar bilan birga o'yinni Aziz To'xtamurodov kuzatib bordi. Fursatdan foydalanib "Neftchi" muxlislarini g'alaba bilan tabriklab qolamiz! Keyingi o'yinlarda ko'rishguncha sog'-omon bo'ling!

90+5. Va nihoyat o'yin yakunlandi!!! Qiziqarli kechgan o'yinda "Neftchi" "Bunyodkor"ni mag'lubiyatga uchratdi - 0:1!


90+4. Rashidovning boshi bilan bergan zarbasi juda kuchsiz va noaniq ko'rinish oldi.


90+2. Mezbonlardan yana bir hujum. Ammo, samarasiz...


90. Hakam ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berdi.

89. SHomurodov uzatib berilgan to'pga etib bora olmadi. Aks holda havfoi vaziyat ko'rishimiz mumkin edi.


87. Mansur Saidov ijrosida zarba. Ammo to'p juda yuqoriga qarab ketdi!


86. SHundoq ham o'yini qovushmayotgan "Bunyodkor"ni SHodiev qiyin ahvolga solib qo'ydi!


84. "Neftchi"da o'zgarish. Yoqubov o'rniga Ubaydullaev o'yinni davom ettiradi.


82. Vohid SHodievga qizil kartochka! Abbos Mahstlalievga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun!


80. "Bunyodkor"da o'zgarish. Dostonbek Hamdamov o'rniga Eldor SHomurodov maydonga tushdi!


77. Mansurjon Saidov Rashidovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka ishlab qoldi.


76. Zarbaaaa!!!! Ayupoooov! Yana CHeremisin jamoasi joniga oro kirmoqda!!!


73. SHodiev o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.


70. Mehmonlar havfli qarshi hujum uyushtirishlari mumkin edi. Ammo, Murodbek Bobojonov shoshib qoldi.


66. "Neftchi" oldinga o'tmoqda. O'ng qanotdan jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi mehmonlar. Ammo, zarba samarasiz yakunlandi.


62. O'zgarish. Murod Bobojonov maydonga tushirildi. Ro'zimboy Ahmedovning o'rniga.


60. Zarbaaaa!!! Rashidov! CHeremisindan ajoyib seyv!!! Qoyil!


58. SHukurali Po'latovga ogohlantirish. To'pni qo'li bilan o'ynagani uchun. "Neftchi" darvozasi yaqinida jarima zarbasi!


57. Umuman, o'yin shiddatli davom etmoqda! Golning hidi kelmoqda, azizlar!


55. Zarbaaa!!! Ayupov!!!  Keyin esa Rashidov. Avvaliga darvoza to'sini, keyin esa himoyachilar gol bo'lishiga yo'l qo'yishmadi!


51. O'zgarish. Akmal SHorahmedov o'rniga Xayrulla Karimov maydonga tushdi. "PENALTY" loyihasining ilk mehmoni :)


50. Mehmonlar ikkinchi taymni faol boshladilar! Ikkita ajoyib imkoniyatdan Ro'zimboy Ahmedov foydalana olmadi!


49. Yana zarbaaaa!!! Yana Ro'zimboy! Bu safar Akbar To'raev jamoasi joniga oro kirmoqda!


47. Zarbaaaa!!! Darvoza ustuniiii!!! Ro'zimboy Ahmedov hisobni 0:2ga etkazishi mumkin edi.


46. "Bunyodkor"da o'zgarish. Mirzohid G'ofurov o'rniga Temur Ayupov tushirildi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!


Kecha ushbu jamoalar yoshlari o'rtasidagi o'yinda "Bunyodkor" yoshlari 1:0 hisobida g'alaba qozonganlar. O'yindagi yagona golni Nodir Mavlonov 90+3 daqiqada kiritgan.


SHuni takidlab o'tish kerakki, "Neftchi" muxlislari sevimli jamoalarini faol tarzda qo'llab-quvvatlamoqdalar. Ha, vodiylik muxlislarga qoyil qolmasdan ilojimiz yo'q! 

TANAFFUS!

Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Mehmonlar tezkor qarshi hujum uyushtirishga harakat qilgandilar. Lekin, Anvar G'ofurov taktik fol evaziga raqibini to'xtatib qoldi.


43. "Bunyodkor" oldinga o'tishga intilmoqda. Ammo, hozircha bu foyda bermayapti.


40. Yana zarbaaaa!!! Bu safar Vohid SHodiev! Bu safar darvoza ustuni...


39. Anvar G'ofurov jarima maydoni ichiga to'pni oshirdi. CHeremisin o'z o'rnida!

36. Zarbaaa! Akmal SHorahmedovning bergan zarbasi havfli ko'rinish oldi. Ammo, befoyda... To'p darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.


35. Bahtiyor Equbov o'ng qanot himoyachisi. U Sardor Rashidovga bugun imkoniyat bermayapti.


33. Ammo, Rashidovning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pi samarasiz bo'ldi.


32. Jarima to'pi. Endi mehmonlar darvozasi tomonga.


30. SHukurali Po'latovning jarimadan bergan zarbasi To'raev darvozasi tepasidan o'tib ketdi. Zarba, havfli ko'rinish olgandi.


28. O'yin asosan maydonning chap tomonida, yani mezbonlar darvozasi joylashgan qismida davom etmoqda.


25. GOOOOL!!! Ro'zimboy Ahmedov. "Neftchi" hisobni ochdi - 0:1!


24. PENALTI! "Bunyodkor" himoyachilari raqib futbolchisini jarima maydonchasi ichida yiqitishdi.


20. Vohid SHodievning uzoqdan bergan zarbasi maydon tashqarisiga chiqib ketdi.


17.  Jamoalar muxlislari o'z suyuklilarini faol tarzda qo'llab-quvvatlamoqdalar!


14. Sato Minori ogohlantirildi. Hushtak chalinmasdan jarima zarbasini bergani uchun.


12. Ro'zimboy Ahmedov raqib jarima maydoni ichida himoyachiga nisbatan qo'pollik ishlatdi.


11. Dilyorbek Ermatov ogohlantirildi.

10. O'z o'rnida farg'onalik himoyachilar ham tartibli futbol namoyish etayotganliklarini takidlab o'tishimiz lozim.


7. To'p nazorati hozircha "Bunyodkor" tomonda.


4."Bunyodkor" ijrosimda burchak to'pi. Biroq, "Neftchi" himoyachilari raqib hujumchilariga imkon bermadilar.

1. O'yinni "Neftchi" futbolchilari boshlab berishdi!

Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! Bugun O'zbeksiton chempionati 7 tur doirasidan o'rin olgan "Bunyodkor" hamda "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yindan matnli translyaciyani boshlaymiz!

- Uchrashuv soat 18:00da boshlanadi.



Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика