"Bunyodkor" - "Nasaf" o'yini "Jar" stadionida o'tkaziladi
27 sen 2024 22:30
Yangiliklar


"Bunyodkor" - "Nasaf" o'yini "Jar" stadionida o'tkaziladi
Superliga 20-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" o'yiniga "Jar" stadioni mezbonlik qiladi.
Bellashuv 28 sentyabr kuni 17:00 da start oladi.
"10 oktyabr kuni "Bunyodkor" stadionida O'zbekiston milliy terma jamoasi Eronni qabul qiladi. Ayni vaqtda maysa bilan bog'liq muammolar mutaxassislar tomonidan bartaraf qilingan. SHunday bo'lsada, chim eng optimal holatga kelib olishi uchun FIFA kunlariga qadar rasmiy uchrashuv o'tkazmaslikka qaror qilindi.
Bellashuv chiptalari 28 sentyabr kuni soat 10:00 dan boshlab Jar stadioni kassalarida sotuvga chiqadi", — deyiladi xabarda.
O’xshash yangiliklar
21:27
Artyom Petrosyan: "Futbolchilar ruhiy jarlikda. 3-4 kun ichida bu holatdan olib chiqib bo'lmaydi" 10
20:55
Vitaliy Levchenko: "Tarkibimizda yo'qotishlar ko'p. Kim sog'lom holatda bo'lsa, o'sha o'ynayapti" 5

Fikrlar