“Bunyodkor” kubogi-2015”. "Qaldirg'ochlar" g'olib bo'lishdi
19 iyu 2015 14:53
Yangiliklar

“Bunyodkor” kubogi-2015”. "Qaldirg'ochlar" g'olib bo'lishdi
Bugun “Bunyodkor” futbol klubining 10 yilligiga bag'ishlangan “Bunyodkor” kubogi-2015” turnirining sovrindorlari aniqlandi.
Dastlab beshinchi o'rin uchun bahsda Toshkentning "Lokomotiv" hamda Qarshining "Nasaf" jamoasi yoshlari o'zaro bellashdilar. Unda qarshiliklar 4:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Bronza medallari uchun kechgan murosasiz bellashuvda esa "Paxtakor" klubi "Navbahor"ni 3:2 hisobida taslim etdi.
Va nihoyat, turnir g'olibini aniqlab beruvchi final bahsida "Bunyodkor" hamda BO'SM-37 jamoalari o'zaro kurash olib bordilar. 10 yoshli bolakaylar qatnashgan ushbu turnirda mezbonlar g'olib bo'lishdi. Final taqdirini yagona gol hal etdi.
SHunday qilib, "Bunyodkor" jamoasi turnirning oltin medallarini qo'lga kiritdi. Final uchrashuvidan so'ng sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Fikrlar