

"Barchasi uchun rahmat Aleksandr Sergeevich!
Bunyodkor futbol klubi o'zaro kelishuvga ko'ra bosh murabbiy Aleksandr Krestinin va uning yordamchilari bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi.
Aytish kerak, Bunyodkor Aleksandr Sergeevich bilan ajoyib mavsumni o'tkazdi. Chempion Paxtakor va kumush medal sohibi Nasaf safarda mag'lubiyatga uchratildi. Toshkentda Neftchi taslim etildi.
Bunyodkor futbol klubi rossiyalik mutaxassis va uning yordamchilariga minnatdorchilik bildirgan holda murabbiylik faoliyatida omad tilaydi!", - deb yoziladi klub bayonotida.
Qayd etish kerak, "Bunyodkor" rossiyalik murabbiy qo'l ostida 14 o'yin o'tkazib, shularning 6tasida g'alaba qozondi. 5 marta mag'lub bo'lgan "qaldirg'ochlar" 3 bora durang qayd etdi.



