So’nggi yangiliklar

16:53"Астон Вилла" ҳимоячиси "Фенербахче"га йўл олади  0 16:25Маъносиз йиғин  11 16:00Дортмунднинг "Боруссия" вингери инглиз грандлари нигоҳида  0 15:34"Зенит" Бразилия термаси ҳужумчисини ўз сафига қўшиб олади  1 15:15Футзал бўйича Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Осиё Кубоги йўлланмасини қўлга киритган учрашув галереяси   0 14:29ПСЖ Доннаруммага ўринбосар топди  2 14:12Эшитдик-да! Сречко Катанец қандай касаллиги маълум  55 13:49Саудия Арабистонидагилар Винисиусдан умидларини узишмаган  2 13:10Рубен Аморим: "Рэшфорд жамоамизга мос футболчи эмас"  9 12:47"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетмоқчи  1 12:29Илёс Зейтуллаев — "Бунёдкор" бош мураббийи!  7 11:00Фарруҳ Зокиров: "Ўйин финал каби ўтди ва Шойимованинг бенефисига айланди"  4 10:49Ўзбекистон миллий терма жамоаси Доҳага етиб келди  16 10:37"Эшитдик-да" тасдиқланди. Катанец терма жамоа йиғинида қатнашмайди  59 10:20Неймар собиқ жамоасига қайтди  4

“Bunyodkor” kichkintoylar festivalida ham faol Yangiliklar

“Bunyodkor” kichkintoylar festivalida ham faol

Malumki, 10 yoshdan kichik bo'lgan bolalar “Bunyodkor” futbol maktabiga hech qanday imtihonlarsiz qabul qilinadi.
SHuningdek, ular natija talab etiladigan musobaqalarda ishtirok etishmaydi. Faqat turli festivallar va tengdoshlari bilan o'rtoqlik o'yinlari orqali kichkintoylar o'z mahoratlarini oshirib borishadi.

Yaqinda “Bunyodkor” BO'FM ning 8 yoshli kichkintoylari ketma-ket 2 festivalda ishtirok etishdi. Dastlab mashhur futbolchi va mutaxassis Akmal Azizxo'jaev xotirasiga bag'ishlangan turnirda Abdumalik Raximov shogirdlari o'z tengdoshlari bilan quyidagi natijalarni qayd etishdi: “Paxtakor” – 3:0, BO'SM-30 – 2:0, “Spartak”-2 – 7:0, “Spartak-1” – 0:2.

So'ngra, ommaviy futbol kuniga bag'ishlangan turnirda ham aynan shu kichkintoylar qatnashishdi. Festivalning qiziq tomoni, unda natija muhim bo'lmaganligi sababli qizlar jamoalari ham ishtirok etishdi. Kichkintoy “qaldirg'ochlar” natijalari: “Paxtakor” – 4:0, BO'SM-30 (qizlar) – 2:0, “Nasaf” – 5:0, “Spartak” – 0:1.

Yuqorida takidlaganimizdek, bu festivallarda natija birlamchi bo'lmagan. Yosh futbolchilar ilk marotaba jamoaviy o'yin nimaligini his qilishdi. Ular berilib o'ynashdi va ota-onalari oldida o'zlarini har tomonlama ko'rsatishga intilishdi. Kiritilgan har bir gol ularga zavq-shodlik bag'ishlagan bo'lsa, mag'lubiyatdan so'ng ko'z yoshlar ham bo'ldi. Lekin bu ularning futbolchilik faoliyatidagi ilk qadam. Hozircha ular millionlar o'yinidan faqat zavq olishsin, toblanishsin. Akalaridan o'rnak olishsin. Ular maydonda o'z so'zlarini aytadigan payt, klub shani uchun to'p surish vaqti hali keladi...
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика