So’nggi yangiliklar

13:44Етакчи лигаларни бирлаштирган Жером Перлемутер июнда Тошкентга келади  0 13:34Ҳакам "Пахтакор" дарвозабонини майдондан четлатиб, тўғри қарор қилдими? Суперлиганинг 7-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 13:13Кунде уч марта кеч қолиб, захирада қолиб кетгани учун "Барселона" ходимларидан ёрдам сўради  4 12:57Анчелоттининг рад жавобидан сўнг Бразилия терма жамоаси мураббийлигига асосий номзод ўзгарди  0 12:27Суперлиганинг 8-турида ишлайиган ҳакамлар билан танишинг  0 10:50«Байер» Алонсонинг ўрнига Испаниядан бошқа мураббий топди  0 10:22Анчелоттининг навбатдаги жамоаси қайси бўлиши очиқланди  6 09:25«Барселона»га қарши учрашувда қизил карточка олган «Реал» футболчиларининг тақдири маълум  23 08:57Луис Энрике Лондондаги ғалаба ҳақида фикр билдирди  3 08:26Артета мағлубиятдан сўнг нималар деди?  12 08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  5 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  7 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  1 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  102 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  3

“Bunyodkor” FK prezidenti Mehriddin Abdullaev klub akademiyasini yanada rivojlantirish bo'yicha topshiriqlar berdi Yangiliklar

“Bunyodkor” FK prezidenti Mehriddin Abdullaev klub akademiyasini yanada rivojlantirish bo'yicha topshiriqlar berdi

Klub doim rahbariyat etiborida.

“O'zbekneftgaz” akciyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisi, “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti Mehriddin Razzoqovich Abdullaev klub akademiyasida bugungi kunda yosh futbolchilar uchun mavjud shart-sharoitlar bilan tanishish maqsadida, 29 aprel kuni jamoa qarorgohiga tashrif buyurdi. Kunning ikkinchi qismiga to'g'ri kelgan ushbu tadbir ikki qismdan iborat bo'ldi.

 



Klub prezidenti, dastavval, Superliganing 6-turidagi “Olimpik” bilan uchrashuvga tayyorgarlik ko'rayotgan asosiy jamoa azolari bilan uchrashdi.

- Birinchi navbatda, barchangizni va umuman butun xalqimizni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan muborakbod etaman! Barchangizga sog'lik, oilangizga tinchlik-totuvlik tilayman!

Mana, mavsumning dastlabki ikki oyi ortda qoldi. Jamoamiz yosh bo'lishiga qaramasdan, Superligada munosib qatnashib kelmoqda. Akademiyamizdan etishib chiqishgan bir qancha yosh futbolchilar ijrosidagi dadil o'yinlar ko'pchilikka manzur bo'lmoqda. Asosiysi, jamoada jipslik bor. Bu meni xursand qilmoqda. Biroq natijalar yanada yaxshi ko'rinish olishi uchun, biz futbolchi-murabbiylarimizga bundan-da kengroq va qulay sharoitlar yaratib berishimiz darkor. O'ylaymanki, jamoada hozirda muammolar yo'q. Agar bo'lsa, bemalol muhokama qilishimiz mumkin. Men sizlar bilan shunchaki ko'rishgani kelganim yo'q. Mabodo ishga to'sqinlik qilayotgan bazi muammolar bo'lsa, ularni bartaraf etish echimlarini ko'rib chiqamiz, - dedi asosiy jamoa bilan uchrashuv vaqtida Mehriddin Abdullaev.



SHundan so'ng bosh murabbiy SHuhrat Maqsudov va jamoa sardori Davronjon Ergashev so'z olishdi hamda klub rahbariyati tomonidan ularga barcha sharoitlar o'z vaqtida muhayyo etib berilayotganini, klubda hech qanday muammo yo'qligini takidlashdi. 



Klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaevga mavjud sharoitlarni yana bir bor ko'zdan kechirib chiqib, ularni yanada yaxshilash bo'yicha vazifa berildi. 

- Mehriddin Razzoqovich, avvalo, bizni har vaqt yaqindan qo'llab-quvvatlab turganingiz uchun Sizga katta rahmat aytamiz. Albatta, ish unumimizni yanada oshiramiz. Oldimizda turgan barcha masalalarni ijobiy hal qilib, yuklatilgan vazifa va talab etiladigan natijalarga erishish uchun jamoamiz borki imkoniyatlarni ishga soladi, - deya, o'z fikrlarini ifoda etdi Mirzaev. 

- Klubning eng katta rahbari biz bilan oldinlari bu darajada ko'rishmasdi. Mehriddin Razzoqovich, hozirda Siz bizning ahvolimizdan, jamoa bilan yuzma-yuz uchrashib, bevosita suhbatlashib, muntazam tarzda xabar olib turibsiz. Bu hol bizga yanada qo'shimcha kuch bermoqda, futbolchilarning g'ayrat-shijoatini yanada oshirmoqda. Bu uchun biz hammamiz Sizdan judayam minnatdormiz, - deb, qo'shimcha qildi asosiy darvozabon Suhrob Sultonov.


Klub prezidenti tashrifining ikkinchi qismi “Bunyodkor” akademiyasidagi sharoitlarni o'rganishga qaratildi. Mehriddin Abdullaev yosh charm to'p iqtidorlari uchun akademiyada mavjud barcha imkoniyatlar bilan tanishdi. Har bir obekt – yotoqxona, o'quv xonalari, sport va trenajyor zallari, oshxona, tibbiy markaz, basseyn va boshqa inshootlarni ko'zdan kechirdi. Yotoqxonada istiqomat qilayotgan yosh o'yinchilarimiz bilan bevosita suhbatda bo'ldi. Yorqin kelajakka intilib, ular tinimsiz mehnat qilishlari zarurligini aytdi. Bu borada o'smirlarimizga o'zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Tez kunlarda mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, aniq amaliy ishlar orqali sportchilarning bemalol va emin-erkin mashg'ulot o'tkazishlari, talim olishlari, istiqomat qilishlari uchun bo'lgan hamda boshqa maishiy shart-sharoitlarni hozirgidan-da yuqori saviyaga ko'tarish zarurligi bo'yicha klub rahbariyatiga qator topshiriqlar berdi. 


- Biz eng katta urg'uni doimo yoshlarni tarbiyalashga berishimiz lozim. Bu, birinchi galda, butun mamlakatimiz, hukumatimiz siyosati. Davlatimiz rahbari bugungi kunda eng katta etiborni yoshlar talim-tarbiyasiga qaratmoqda. Yoshlar bizning ertangi kunimiz. SHu bois hamisha akademiya haqida qayg'urishimiz kerak. Agar ish yaxshi hamda zamonaviy talablar darajasida olib borilsa, “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilarini yaqin orada Evropa maydonlarida ko'rishimiz hech gap emas. Ushbu tamoyilni har doim ustuvor hisoblashimiz lozim. Va bu to'g'ri yo'l, ishonch bilan aytamanki, kelgusida albatta o'z mevasini beradi, - dedi tashrif so'nggida “Bunyodkor” FK prezidenti Mehriddin Abdullaev.  

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика