So’nggi yangiliklar

12:43Фабио Каннаваро штабида янгилик  0 12:23Эшитдик-да! "Олимпик" Пролига сўнгги тур ўйинига бормайди  5 12:11Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси Малайзияга 11 та гол урди  2 11:45Аморим январда "Манчестер Юнайтед"ни кучайтиришга чақирди  2 11:21"Арсенал" ушбу мавсумда илк бор битта ўйинда иккита гол ўтказиб юборди  0 10:50Испанияда ирқчиликдан энг кўп азият чекаётган футболчи номи маълум. У Винисиус эмас  1 10:23"Барселона" "Боруссия" ҳимоячиси учун январда 40 миллион евро тўлашга тайёр  2 09:55Хаби Алонсо "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмаганидан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  7 09:27Левандовски Неймарни ортда қолдирди ва ПСЖ устозига етиб олди   0 09:20Иван Бошкович: "Натижадан қониқдим, ўйин борасида кучсизроқ эдик"  1 09:04Александр Ежов: "Хоразм" Суперлигада ўйнашга ҳақли жамоа"  2 08:58Туркияда ўйинларга пул тикиш бўйича янги тафсилотлар маълум бўлди  1 08:31"Балки биз чемпион бўлармиз." Гвардиола "Ливерпуль" устидан қозонилган йирик ғалабадан сўнг  4 08:04Месси ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  10 07:36Суперлига. Бугун тур якунланади  3

"Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev: "2008 yilda tashkil qilingan PFLni ochishdan maqsad nima edi?" Yangiliklar

"Bunyodkor" bosh direktori Ulug'bek Mirzaev: "2008 yilda tashkil qilingan PFLni ochishdan maqsad nima edi?"

“Tezkor Studiya”ning galdagi soniga Superliga klublarining rasmiylari taklif qilindi.

SHunday mehmonlardan biri “Bunyodkor” jamoasi direktori Ulug'bek Mirzaev jonli efirdagi muloqot davomida PFL va SHoqurbonovning istefosiga munosabatini bildirdi.

“Davron SHoqurbonovni yaxshi bilaman, bir necha yil birga ishlaganmiz. O'ylaymanki, bu hayot o'zgarishlardan iborat. Hech kim bir joyda o'n yil yoki yuz yil ishlashi qiyin. Qancha ishlashdan qatiy nazar baribir bir kun ketishga to'g'ri keladi. SHunday ketish kerakki, u odam o'zidan nom va imij qoldira olishi, boshqa ishga o'tgan taqdirda ham u odam haqida hamma ijobiy fikr bildira olishi kerak. PFLda kim rahbar bo'lgan bo'lsa ham o'zidan yaxshi taassurot va nom qoldirishga erishgan.

2008 yilda tashkil qilingan PFLni ochishdan maqsad nima edi? Biz shundan so'ng milliy birinchiliklarimizni o'tkazib kelayotgan bo'lsakda, ungacha ham O'zbekiston futbol federaciyasi ichki chempionat musobaqalarini o'tkazib kelgan. Endi PFLni tashkil qilishdan ko'zlangan maqsad jamoalarni birlashtirish, ular ishlab chiqarayotgan mahsulotni yaxlit ko'rinishga keltirishdir. Mana hozir marketing haqida gap bordi. “Bunyodkor” jamoasi bir qator kompaniyalar bilan reklama xizmati evaziga ishlamoqchi. O'tgan yili bilsangiz “Drivers Village” brendini o'yinchilarning futbolkalariga olib chiqdik. Etibor bersangiz OCHL yoki ECHLda stadionlardan bir xil reklama shitlari bilan bezatilgan bo'ladi. Bunda liga mahsulotni yaxlit holatdan kompaniyalarga sotadi. Misol uchun, xabarimiz bor “Lagardere Sports” va OFK o'rtasidagi shartnoma muddati tugaydi. Hozirda ular yangi hamkor topishgan Aniqrog'i, Xitoy va SHvecariya qo'shma korxonasi bilan kelishuvga erishgan. Ular 8 yillik umumiy summasi 4 milliard dollarni tashkil etadigan shartnoma tuzishmoqda.


PFL Coca Sola bilan hamkorlik qiladi, uni summasidan esa klublar hech qanday foyda ko'rmayapti. Mahsulotni ular yagonaligicha sotyapti, biz esa ichimlik brendini majburan reklama qilyapmiz. Na reklama shitlaridan, na televideniedan yaxlit holatda sotishdan hech qanday daromad yo'q. Bir tomondan bonuslar olib tashlandi, ikkinchi tomondan badal pullari oshirildi.

Prezidentimizning o'tgan yili 4 dekabrda chiqqan qarorini o'qisangiz, o'zbek futbolini tijoratlashtirish degan joyi bor. Bunaqada qanday qilib erishamiz? Klublar o'z o'zini boshqarishi kerak, o'zini o'zi moliyalashtirishi kerak bo'lsa. Biz Angliya chempionatlarini gapirishni yaxshi ko'ramiz. Ularda 60 yoki 70 foiz mablag'ni liga beradi. Translyaciyalardan, marketingdan tushgan pullarni taqsimlab beradi, o'ziga ham qanchadir summani olib qoladi. Mana buni tijoratlashtirish desa bo'ladi. Bizda katta futbolga pul tikadigan katta korxonalar yo'q. Oddiy reklama shitlari yoki boshqa homiylardan keladigan pul bilan jamoani oylik maoshi, mukofot pullari, safar xizmatlari va boshqalar bilan taminlay olmaymiz.

PFLni eng katta kamchiligi klublarga yaxshi hayot taminlab bera olmaganida. Agarda bizga ham liga shunaqa sharoitlarni yaratib berganida edi, hamma o'zini yog'ida o'zi qovurilmasdi. Agar hisoblab chiqilsa 1 milliardni o'zi badal pullariga ketmoqda. Eng katta islohotni shu erdan boshlash kerak”,- deydi Ulug'bek Mirzaev mutaxassis.


Kechagi "Tezkor studiya"ni quyida tomosha qilish mumkin: 


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика