So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  100 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  3 20:50Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 2:1 (матнли трансляция)  48 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  2 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  8 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  22 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0

“Bunyodkor” bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

“Bunyodkor” bir qator futbolchilar bilan shartnoma imzoladi

Kecha Ravshan Yagudin va Sunnatilla Abdullajonov 2021 yilgi mavsumda “Bunyodkor” libosida to'p tepishi haqida malumot berilgandi.

“Bugun yana besh nafar futbolchi faoliyatini rasman jamoamiz bilan bog'ladi.

Tajribali hujumchi SHahboz Erkinov 2021 yilgi mavsumda ham «Bunyodkor» sharafini himoya qiladigan bo'ldi. 2020 yilgi mavsum avvalida jamoamizga kelib qo'shilgan futbolchi 6 ta goli bilan “Bunyodkor”ning g'alabalariga o'z hissasini qo'shdi. O'ylaymizki, hujumchimizning bu yilgi gollari soni yanada ko'proq bo'ladi va mavsum “Bunyodkor” uchun ham Erkinov uchun ham omadli kechadi.

SHuningdek, “Bunyodkor” akademiyasi tarbiyalanuvchilari Bilol Tupliev, Jahongir O'rozov, Asad Qahhorjonov, Tohir To'xtasinov bilan ham shartnomalar imzolandi. Aytish kerak, Bilol Tupliev o'tgan mavsum Ivan Boshkovich murabbiylik qilgan, Toshkent shahar chempionatida ishtirok etgan jamoamiz safida to'p tepgan. Jahongir O'rozov, Asad Qahhorjonov va Tohir To'xtasinov “Bunyodkor” akademiyasida Mirkamol Qosimov murabbiyligidagi 2004 yilgi guruhning etakchilari, qolaversa, o'tgan mavsum Toshkent shahar birinchiligida qatnashgan “Bunyodkor U-18” jamoasi azolari hisoblangan. Ivan Boshkovich va Mirkamol Qosimov shogirdlari endi o'rinbosarlarimiz azosiga aylandi va bosh murabbiy Abduhamid Qodirov qo'l ostida to'p suradigan bo'ldi. Aytmoqchimizki, “Bunyodkor” akademiyasidagi o'ziga xos “zanjir” saqlanib qolindi.

To'rt nafar tarbiyalanuvchimiz hali 18 yoshni qarshilamagani sababli Reglamentga ko'ra, ularning ota-onasi ishtiroki va guvohligida shartnoma imzolandi”, deb yoziladi klub xabarida.

MA'LUMOT UCHUN

SHAHBOZ ERKINOV

Tug'ilgan sanasi: 16.07.1986 yil

Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri

"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi

Ampluasi: hujumchi

 

FAOLIYATI

2003-2004 yillar "Paxtakor" (o'rinbosarlar)

2005 yil "So'g'diyona"

2006 yil "SHo'rtan"

2007 yil "Paxtakor"

2008 yil 1-davra "So'g'diyona"

2008-2010 yillar 1-davra "Pas" (Eron)

2010-2011 yillar "SHo'rtan"

2012 yil "Paxtakor"

2013 yil AGMK

2014-2015 yillar "Navbahor"

2016 yil 1-davra "Mashal"

2016-2017 yillar "Nasaf"

2018 yil "Buxoro"

2019 yil "Qo'qon-1912"

2020 yildan "Bunyodkor"

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика