"Bunyodkor" azolari koronavirus uchun test topshirishdi
01 iyu 2020 11:53
Yangiliklar


"Bunyodkor" azolari koronavirus uchun test topshirishdi
Kuni kecha "Bunyodkor" futbol klubi o'quv-mashg'ulot bazasi to'liq dezinfekciya qilingani haqida xabar bergan edik.
Endi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari bazaga tashrif buyurdi va "Bunyodkor"ning jami 37 nafar azosi – futbolchilar, murabbiylar, personal xodimlardan koronavirusga namuna oldi. Aytish kerak, o'z ishining mutaxassisi bo'lgan agentlik xodimlari tezkorlik bilan namuna natijalarini ham malum qilishdi. Unga ko'ra, test topshirgan barcha 37 nafar azosi sog'lom ekanligi aniqlandi va ularga maxsus hujjat taqdim etildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar