So’nggi yangiliklar

12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  1 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  0 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  3 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  9 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  21 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5

“Bunyodkor-2006” Rossiyadagi turnir finalida! Yangiliklar

“Bunyodkor-2006” Rossiyadagi turnir finalida!

Teglar :  BunyodkorRossiya
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubining 2006 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ayni kunlarda Rossiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etishmoqda.

Akmal Risqullaev boshchiligidagi tarbiyalanuvchilarimiz Stavropol o'lkasida Rossiya qahramoni Vladislav Duxin xotirasiga bag'ishlangan xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda.

Turnirda jami 12ta jamoa 4ta guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurashga kirishishgan edi. Birinchi turda vakillarimiz Novopavlovskning “Kaskad” jamoasi ustidan 11:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarga Abdurahmon Abdusamatov (3ta), Abdurahim Ismoilov (3ta), Nikita Karpenko (3ta), Otabek Boltaev va Muslim Jamoliddinov mualliflik qilishdi.

Ikkinchi tur uchrashuvda Stavropolning “Kojannyy myach” klubi bilan kuch sinashildi va unda hisob ochilmadi – 0:0. SHu tariqa, yosh “qaldirg'ochlar” guruhda birinchi o'rin bilan chorak finalga yo'llanma olishdi.



1/4 finalda Astraxanning “Volgar” klubi 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratildi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol SHamsiddin Tursunmahammadov tomonidan kiritildi.

Yarim final uchrashuvi anchayin qiziqarli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. Belgorodning “Raduga” klubiga qarshi kechgan bahsning asosiy qismida kuchlar teng keldi – 1:1. Jamoamizning yagona golini shu kuni o'zining tavallud ayyomini nishonlagan Abdurahim Ismoilov kiritdiyu Asosiy vaqtda durang qayd etilgach, g'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. “Lotoreyalar bahsi”da tarbiyalanuvchilarimiz omadliroq chiqishdi va raqibdan 4:2 hisobida ustun kelishdi.

Ertaga mahalliy vaqt bilan 14:00da (Toshkentda 16:00 bo'ladi) hal qiluvchi final uchrashuvi boshlanadi. Unda Akmal Risqullaev boshchiligidagi “Bunyodkor-2006” jamoasi “Krasnodar” klubi tarbiyalanuvchilari bilan kuch sinashadi.

Vakillarimizga final uchrashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика