“Bunyodkor-2” Birinchi ligada qolish uchun “G'allakor-Avtomobilchi” bilan o'ynaydi
30 okt 2014 11:31
Yangiliklar

“Bunyodkor-2” Birinchi ligada qolish uchun “G'allakor-Avtomobilchi” bilan o'ynaydi
4 noyabr kuni O'FF suniy qoplamali maydonida Birinchi ligada qolish uchun hal qiluvchi uchrashuvlar bo'lib o'tadi.
O'zbekiston Birinchiligining birinchi bosqichida 9-12-o'rinlarni egallagan jamoalar o'rtasidagi ikkinchi bosqich bahslarida 3-4-pog'onalarni band etgan klublar O'zbekiston Birinchiligining yakuniy jadvalida so'nggi ikki o'rinni egallagan jamoalarga qarshi bahs olib borishadi.
Unga ko'ra, “Bunyodkor-2” va “Lokomotiv-BFK” klublariga “SHerdor” va “G'allakor-Avtomobilchi” jamoalari raqiblik qiladigan bo'lishdi. Birinchi o'yin 4 noyabr kuni soat 11:00da O'FF suniy qoplamali maydonida “Bunyodkor-2” va “G'allakor-Avtomobilchi” klublari o'rtasida kechadi. Soat 14:00da esa “Lokomotiv-BFK” va “SHerdor” jamoalari kuch sinashishadi. G'olib jamoalar O'zbekiston Birinchiligida o'z o'rinlarini saqlab qoladilar.

Fikrlar