“Bunyodkor” 18 yanvar kuni BAAga uchib ketadi
16 dek 2013 12:28
Yangiliklar

“Bunyodkor” 18 yanvar kuni BAAga uchib ketadi
O'zbekistonning amaldagi chempioni va kubogi sohibi – “Bunyodkor” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. 14 dekabr kuni jamoa azolari to'planishdi va futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
15-16 dekabr kuni asosan tiklanish mashqlari rejalashtirilgan bo'lsa, 17 dekabrdan boshlab mashg'ulotlar kuniga 2 martadan o'tkazilinadi. Dastlabki yig'in 29 dekabr kuni nihoyasiga etadi. 2014 yilning 3 yanvar kuni “qaldirg'ochlar” ikkinchi yig'in uchun to'planishadi va 2 hafta davomida yana o'z qarorgohlarida jismoniy mashg'ulotlarga zo'r berishadi. 18 yanvar kuni esa “Bunyodkor” jamoasi dastlabki horijiy yig'inni o'tkazish uchun BAAga jo'nab ketadi.
Jamoadagi o'zgarishlarga to'xtalsak, klub bilan shartnomalari nihoyasiga etgan futbolchilar - darvozabon Ignatiy Nesterov, himoyachi Anvar G'ofurov, yarim himoyachilar Lutfulla To'raev va Jasur Xasanov jamoani tark etishdi va poytaxtning yana bir klubi – “Lokomotiv” safiga o'tishdi. O'z navbatida “Bunyodkor” klubi himoyachilar Boburjon Akbarov (“Guliston”) va SHukurali Po'latov (“Neftchi”), shuningdek hujumchi Vohid SHodievni (“Buxoro”) o'z safiga taklif etdi. Kecha bu futbolchilar bilan 2 yillik muddatga shartnoma imzolandi. Selekciya ishlari mavsum boshlanguncha davom etadi. Legionerlar masalasiga esa, BAA va Turkiyadagi yig'inlardan so'ng oydinlik kiritiladi.
Abror IMOMXO'JAEV

Fikrlar