"Bunyodkor" 1 fevral kuni OCHL-2016 g'olibiga qarshi maydonga tushadi
26 jan 2017 15:41
Yangiliklar
"Bunyodkor" 1 fevral kuni OCHL-2016 g'olibiga qarshi maydonga tushadi
7 fevral kuni "Bunyodkor" OCHL-2017 pley-off bosqichida Qatarning "Al Jayish" klubiga qarshi o'ynaydi. "Qaldirg'ochlar" 30 yanvar kuni BAAga uchib ketishadi va o'sha erda mazkur o'yinga tayyorgarlikni davom ettirishadi.
Sergey Lushanning aytishicha "Bunyodkor" ushbu yig'in doirasida Janubiy Koreyaning "CHonbuk Motors" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Uchrashuv 1 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, "CHonbuk Motors" 2016 yil Osiyo chempionlar ligasi g'olibi hisoblanadi. Biroq OFK kelishilgan o'yinlar tufayli klubga 2017 yilgi musobaqada ishtirok etishni taqiqlab qo'ydi.
"CHonbuk Motors" 4 marta Janubiy Koreya chempioni bo'lgan, 3 bor Janubiy Koreya Futbol Associaciyasi kubogi sohibiga aylangan, bir bor mamlakat Superkubogini qo'lga kiritgan. Klub 2006 va 2016 yillarda OCHLda zafar quchgan.
Jamoa safida Rikardo Lopes va Edu kabi braziliyalik futbolchilar to'p tepishadi. Bosh murabbiy CHoy Kang Xi.
Fikrlar