Bundesliga klubida bosh murabbiy istefosi ro'y berdi
17 may 2022 22:51
Yangiliklar
Bundesliga klubida bosh murabbiy istefosi ro'y berdi
"Xoffenxaym" amaldagi bosh murabbiyi bilan hamkorlikni to'xtatdi.
Germaniyaning "Xoffenxaym" klubi bosh murabbiyi Sebastian Xeness o'z lavozimini tark etdi. Nemis klubining xabar berishicha, o'zaro kelishuv ikki tomonning roziligi bilan bekor qilingan. Xeness 2020 yildan beri "Xoffenxaym"da ishlab kelar edi.
Ushbu mavsum "Xoffenxaym" Germaniya Bundesligasida 46 ochko bilan 9-o'rinni egalladi.
Fikrlar