Bundesliga klubi 3 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi
03 may 2020 16:29
Yangiliklar


Bundesliga klubi 3 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi
Bir necha kun oldin "Keln"ning 3 nafar futbolchisi koronavirus testini topshirgandi.
Ularning natijasi ijobiy bo'lib chiqdi. Qayd etish kerak, bu holat Bundesliga rahbariyatini tashvishga solmayapti. Ular 15 may kuni boshlanishi kutilayotgan Bundesligaga tasir o'tkazmaydi.
"Albatta, mavsumning boshlanishiga umid qilyapmiz. "Keln"da koronavirusga chalingan futbolchilar karantinga olindi. SHunchaki, o'yinlarga tushishdan oldin biz barchaning salomatligini tekshirib olsak bo'lgani", - dedi GFL tibbiy qo'mitasi boshlig'i Tim Meyer.
Oldinroq Germaniya chempionati starti 9 may kuniga belgilangandi. Biroq keyinchalik bu bir haftaga surildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar