So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Bundesliga: Gelzerkirxenda italiyalik mutaxassislar to'qnashuvi va boshqa o'yinlar haqida Yangiliklar

Bundesliga: Gelzerkirxenda italiyalik mutaxassislar to'qnashuvi va boshqa o'yinlar haqida

Bundesligada jamoalari uchun bu hafta ancha zich taqvim yuzaga kelgan.


Bir kunlik tanaffusdan keyin jamoalar bugundan 5-turni boshlashadi.

O'tgan turda "Gamburg"ni qabul qilgan "Gannover" o'z uyidagi bellashuvda ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi. Martin Xarnik va Ixlas Beboularning kiritgan gollari yakunda jamoaga mavsumdagi uchinchi g'alabani keltirdi. Andre Braytenrayter shogirdlari ushbu g'alabadan keyin turnir jadvalida peshqadamlardan biriga aylanishdi.
Bundesligaga qaytgan jamoa uchun mavsum super muvaffaqiyatli boshlandi. Bunda esa albatta jamoa bosh murabbiyi Andre Braytenrayterning xizmati va hissasi juda katta.

Federiko Tedesko jamoaga kelganidan so'ng o'yini va natijalari yaxshilanayotgan "SHalke" mehmonda "Verder" ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi. Ushbu g'alabadan gelzerkirxenliklar turnir jadvalida kuchli to'rttalikka kirishdi.

O'tgan turda "Xoffenxaym"dan engilgan "Bavariya" esa o'z uyida "Maync"ni ayab o'tirmadi. Myunxenliklar ushbu g'alaba orqali tanqidchilarga munosib javob qaytarishdi. Rene Adler darvozasiga javobsiz to'rtta gol yo'llandi.
Yirik g'alabadan so'ng jamoa turnir jadvalining kuchli uchligiga ko'tarildi.

"Borussiya" Dortmund esa "Signal Iduna Park"da "Kyoln"ni tor-mor keltirdi. Ushbu g'alabadan keyin Peter Boshsh jamoasi turnir jadvalida peshqadamga aylanishdi. To'plar nisbatiga ko'ra, Dortmund "Gannover"dan yaxshiroq ko'rsatichka ega.
"Borussiya" Dortmund o'tkazilgan 4 uchrashuvdan keyin 10 ta gol urgan holda 10 ochko to'plagan.
Dortmundliklar hali Bundesligada gol o'tkazib yuborishgani yo'q.

Manuel Baum boshchiligidagi "Augsburg" jamoasi esa safarda "Ayntraxt" qarshligini engishga erishdi.

Andres Yonkerni istefoga chiqishiga sababchi bo'lgan o'yin esa SHtutgartda bo'lib o'tdi.
Xannes Volf boshchiligidagi "SHtutgart" o'z uyida "Volfsburg"ni kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. "Bo'rilar" rahbariyati ushbu natijadan keyin Andres Yonkerga chiqish eshiklarini ko'rsatishdi. SHu tariqa bundesligada ilk istefo kuzatildi.

Leverkuzenda "Bayer" nihoyat uzoq kutilgan g'alabani tantana qildi. "Bayer"  "Frayburg" bilan bo'lgan bahsda o'zi istagandek o'ynadi va yirik hisobda raqib ustidan g'alaba qozondi. Xayko Xerlixx esa jamoani qo'lga olganidan buyon o'zining ilk g'alabasini qo'lga kiritdi.

Turning etiborga molik uchrashuvlaridan biri "Xoffenxaym" hamda "Gerta" jamoalari o'rtasida kechdi. Bu yildan etiboran evrokuboklarda ishtirok etayotgan ushbu jamoalar o'tgan haftada Evropa ligasidagi o'yini tufayli biroz toliqib qolishgani o'z so'zini aytdi. Nagelsmann va Dardai qarama-qarshiligida durang qayd etildi. Bu jamoalar hali bu kabi zich taqvimda o'ynashgani yo'q. SHu boisdan ham bunga moslashib, ko'nikib ketishguniga qadar bundesligada ochko yo'qotishlari mumkin.

"Leypcig" esa bu turda kutilmaganda o'z uyida ochko yo'qotdi. Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasini mehmon qilgan "bo'qalar"ga kiritilgan ikkita gol ham g'alabani taqdim eta olmadi. Diter Xekking qo'l ostidagi "Borussiya" ham "Leypcig"ning gollariga munosib javob qaytardi.
Bu to'qnashuvda "Borussiya" jamoasi 1 ochko ishlagan bo'lsa, "Leypcig" qimmatli ikki ochkodan mahrum bo'ldi.
4-turdan keyin "SHalke" va "Bavariya" turnir jadvalida biroz yuqorilashgan bo'lsa, "Borussiya" hamda "Gannover" qo'shpeshqadamlikni davom ettirishmoqda.


Dortmunddagi qaqshatqich mag'lubiyatdan keyin "Kyoln" xavfli zonaning eng oxirgi pog'onasidagi o'rnini mustahkamladi. Bu albatta ko'pchilik uchun kutilmagan holat. O'tgan mavsumni ajoyib tarzda o'tkazgan SHtoger shogirdlarining joriy mavsumdagi ishlari juda yomon.
"Kyoln" Bundesligada hali ochko ishlamagan yagona jamoaligicha qolmoqda.
"Kyoln"dan farqli ravishda bir ochkosi bor "Verder" esa xavfli hududning 17-o'rnida bormoqda.
"Frayburg" esa 2 ochko bilan 16-pog'onani band etib turibdi.

Bundesliga, 4-tur. Turnir jadvali

15 sentyabr, juma.
"Gannover" - "Gamburg" 2:0
16 sentyabr, shanba.
"Verder" - "SHalke" 1:2
"Bavariya" - "Maync" 4:0
"Ayntraxt" - "Augsburg" 1:2
"SHtutgart" - "Volfsburg" 1:0
"Leypcig" - "Borussiya" Myonxengladbax 2:2
17 sentyabr, yakshanba.
"Xoffenxaym" - "Gerta" 1:1
"Bayer" - "Frayburg" 4:0
"Borussiya" Dortmund - "Kyoln" 5:0


Bundesliganing 4-turida jami 28ta gol kiritildi. SHularning 21tasini mezbon jamoalar, qolgan 7tasini esa mehmon jamoalar urishdi.
Bu tur hozirga qadar o'tkazilgan turlar ichida eng samaradori bo'ldi.

O'tkazilgan 9ta uchrashuvdan 5tasida mezbon jamoalar g'alaba qozonishgan bo'lsa, ikkita bahsda mehmonlar ustun kelishdi. Turning ikkita o'yinida durang qayd etildi.

To'purarlar poygasida "Maync"ga qarshi dubl qayd etgan Robert Levandovski 5ta gol bilan peshqadamlikni saqlab turibdi.

Eng yaxshi assistent ham "Bavariya"dan. Joshua Kimmix "Maync" bilan bo'lgan uchrashuvda jamoadoshlarining uchta goliga hammualliflik qildi.

Dortmundning "Borussiya" jamoasi hozircha gol o'tkazib yuborgani yo'q.

"Kyoln" esa barcha uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan holda hozircha ochkolar sonini ochganiga yo'q.


Bundesliganing 4-tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):
Darvozabon
: Filipp SHauner ("Gannover")
Himoyachilar: Joshua Kimmix ("Bavariya"), Salif Sane ("Gannover"), Timo Baumgartl ("SHtutgart")  Filipp Maks ("Augsburg")
Yarim himoyachilar
: Daniel Kalijuri ("SHalke"), Denis Zakariya ("Borussiya" M), CHarlez Aranguiz ("Bayer")
Hujumchilar: Maksimilian Filipp ("Borussiya" D), Robert Levandovski ("Bavariya"), Per Emerik Obameyang ("Borussiya" D)


5-tur uchrashuvlari esa bugundan boshlanadi.
Seshanba kuni Bundesligada to'rtta uchrashuv o'tkaziladi.

Kunning muhim bahsi Gelzerkirxenda bo'ladi. Turnir jadvalidagi yon "qo'shnilar" "Veltins-Arena"da uchrashishadi. Italiyalik mutaxassislarning to'qnashuvida Anchelotti Tedeskoga "master-klass" ko'rsatishga urinib ko'radi.
Bu o'yinda har ikkala jamoaga g'alaba suv va havodek zarur. "SHalke" o'z uyida o'ynayotgani sababli ham g'alabani ko'zlashi aniq. "Bavariya" esa turnir jadvalidagi o'z o'rniga qaytish uchun endi xato qilishga haqqi yo'q. "Bavariya"ning eng katta yo'qotishi - Manuel Noyer.

Myonxengladbaxda ham ancha qiziqarli o'yin bo'ladi. O'tgan turda "Leypcig"dan ochko olib qaytgan "Borussiya" o'z uyida "bo'rilar"ni "ov" qilgan "SHtutgart" bilan kuch sinashadi. Volf jamoasi safarga yaxshi kayfiyatga kelmoqda. Aynan shu jihat "SHtutgart"ni foydasiga ishlashi mumkin. "Borussiya" esa o'z uyida ochko yo'qotadigan jamoalar sirasiga kirmaydi.


Yangi bosh murabbiy bilan yurishni boshlashga taraddud ko'rayotgan "Volfsburg" esa "Verder"ni sinovdan o'tkazadi. Hozirgi holatda har ikkala jamoalarda ruhiy holat o'z joyida emas. Faqatgina "bo'rilar"da bosh murabbiy almashgani "Volfsburg"ga yaxshi tarafdan tasir qilishi mumkin.

Turnir jadvalidagi yana bir yonma-yon ketayotgan jamoalar to'qnashuvi Bavariyada bo'lib o'tadi. Bu mavsum ko'pchilik uchun bosh og'riq bo'layotgan "Augsburg" "Leypcig"ning kuchlarini tekshirib ko'radi. O'tgan turda qimmatli ochkolarni yo'qotgan jamoa uchun "Augsburg"ga safar oson bo'lmasligi aniq.
Baum jamoasi esa hozirda juda yaxshi sport formada.

Ertaga esa turning qolgan beshta bellashuvi bo'lib o'tadi.

Peshqadamlardan biri "Borussiya" Dortmundni "Gamburg"ga qiyin safar kutmoqda. Dortmundning "qo'shni"si "Gannover" esa mavsumni juda bo'sh o'tkazayotgan "Frayburg"da mehmon bo'ladi.
Yana bir diqqat-markazda bo'ladigan uchrashuv "Gerta" hamda "Bayer" o'rtasida kechadi.


Bundesliga, 5-tur. Turnir jadvali

19 sentyabr, seshanba.
"Borussiya" M - "SHtutgart" (21:30)
"Volfsburg" - "Verder" (23:30)
"Augsburg" - "Leypcig" (23:30)
"SHalke" - "Bavariya" (23:30)

20 sentyabr, chorshanba
"Kyoln" - "Ayntraxt" (21:30)
"Maync" - "Xoffenxaym" (23:30)
"Gerta" - "Bayer" (23:30)
"Frayburg" - "Gannover" (23:30)
"Gamburg" - "Borussiya" D (23:30)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика