So’nggi yangiliklar

01:44Гринвуд "Марсель" сафида Лига 1даги 3та ўйинда 5та гол урди. Бу ишни сўнгги 50 йилда фақатгина Балотелли қила олганди  2 01:20Холанд АПЛдаги 30 йиллик натижани такрорлади  1 00:53"Барса" 2016 йилнинг декабридан бери илк бор 7+ тўп фарқи билан ғалаба қозонди  5 00:20АПЛ. Иккита тўп фарқи билан ғалаба қозонаётган "Эвертон" ўйиннинг сўнги дақиқаларида 3 та гол ўтказиб оғзидаги ошни олдирди  8 00:10Ла Лига. "Атлетик" — "Атлетико" ўйини тақдирини 90+2 дақиқадаги гол ҳал қилди  8 00:02РПЛ. "Ахмат" ва "Акрон" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади, Эсанов 62-дақиқада майдонга тушди  2 23:52РПЛ. "Рубин" ўн киши бўлиб қолган "Спартак"дан тўп ўтказиб, мағлубиятга учради, Ашурматов ва Раҳмоналиев эса...   3 23:48Расман: Жейдон Санчо янги клуби билан шартнома имзолади  4 23:44Бундеслига. "Байер"нинг Бундеслигадаги 35 ўйинлик мағлубиятсиз сериясига чек қўйилди  5 23:30АПЛ. Холанднинг хет-триги "Ман Сити"га "Вест Хэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  9 23:21Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" ўз майдонида "Қосимпошо"га мағлуб бўлди, Алиқулов 87 дақиқа ўйнади  4 23:00Ла Лига. "Барселона" - "Вальядолид" 7:0, Рафинядан хет-трик  8 22:45ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Қайсар"га мағлуб бўлди, Яхшибоев ва Умаров эса...  3 22:00Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Вальядолид"га жавобсиз 7та гол урди!  59 21:40Расман: "Вест Хэм" ПСЖ футболчисини ўз сафига қўшиб олди  2

Bundesliga. Peshqadamdan ishonchli g'alaba Yangiliklar

Bundesliga. Peshqadamdan ishonchli g'alaba

Germaniya chempionati 11 turidan joy olgan "Borussiya M" va "Verder" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda mezbonlar g'alabali yurishni davom ettirishdi.

Borussia Moenchengladbach

Ramy Bensebaini - 20', Patrick Herrmann - 22', Patrick Herrmann - 59'

1. Bundesliga . 11-tur

10/11/2019, 16:30

1
:
3
Tugadi

Werder Bremen

Leonardo Bittencourt - 90'

Stadion: Borussia-Park, 54022 tomoshabin

Bosh hakam: Tobias Stieler

45'
90'
14'  Nico Elvedi
20'  Ramy Bensebaini
20'  Laszlo Benes
22'  Patrick Herrmann
22'  Marcus Thuram
25'  Stefan Lainer
34'  Christoph Kramer (Jonas Hofmann)
52'  Ramy Bensebaini
59'  Laszlo Benes (Florian Neuhaus)
59'  Patrick Herrmann
59'  Denis Zakaria
70'  Patrick Herrmann
81'  Alassane Plea (Lars Stindl)
87'  Ramy Bensebaini
27'  Yuya Osako
38'  Milos Veljkovic
53'  Davy Klaassen
56'  Nuri Sahin
73'  Nuri Sahin (Benjamin Goller)
75'  Davy Klaassen
81'  Marco Friedl
81'  Marco Friedl (Joshua Sargent)
90'  Leonardo Bittencourt
90'  Milot Rashica

Bundesliga. 11 tur>> Musobaqa jadvali

10 noyabr (yakshanba)

BORUSSIYA M — VERDER 3:1 (2:0, 1:1)

"Borussiya Park" stadioni | 17:30

Bosh hakam: Tobias SHtiller

Gollar: Bensebayni 20, — 1:0, Xermann 22, — 2:0, Xermann 60, — 3:0, Bittenkur 90+3, — 3:1.

"Borussiya M" (Myonxengladbax):
1.Yann Zommer, 18.SHtefan Layner, 28.Mattias Ginter, 30.Niko Elvedi, 25.Rami Bensebayni, 6.Kristof Kramer (23.Yonas Xofmann, 34), 7. Patrik Xermann, 8.Denis Zakariya, 22.Laslo Byonesh (32.Florian Noyxaus, 59), 10.Markus Tyuram, 14.Alassan Plea (13. Lars SHtindl, 81).  

Zaxira: 31.Maks Gryun, 17.Oskar Vendt, 15.Lui Beyer, 5.Tobias SHtrobl, 16.Ibraximi Traore 11.Raffael.


"Verder" (Bremen): 1.Irji Pavlenka, 23.Teodor Gebre Sellasie, 13.Milosh Velkovich, 21.Omer Toprak, 32.Marko Fridl (19.Joshua Sarjent, 81), 35.Maksimilian Eggeshtayn, 17.Nuri SHahin (39.Benjamen Goller, 73), 30.Deyvi Klaasen, 10.Leonardo Bittenkur, 8.Yuya Osako, 7.Milot Rashica.

Zaxira: 27.Stefanos Kapino, 4.Mixael Lang, 15.Sebastyan Langkamp, 44.Filipp Bargfrede, 36.Kristian Gross, 24.Yoxannes Eggeshtayn, 14.Klaudio Pisarro.

Ogohlantirishlar: Elvedi (14), Layner (25), Velkovich (38), Bensebayni (52), SHahin (56), Xermann (70), Fridl (81).

CHetlatish: Bensebayni (87). 

                             UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+3. GOOOOOOOLLL! Leonardo Bittenkur juda chiroyli gol urdi va hisobni qisqartirdi — 3:1.

— Ikkinchi bo'limga daqiqa qo'shib berildi.

87. Rami bugun nima ish qilish kerak bo'lsa hammasini bajardi! Gol urdi, ogohlantirildi va maydondan chetlatilmoqda.

85. Malumot: Myonxengladbax klubi joriy mavsum Bundesligada ayni paytga kelib 24 ta gol urgan va 10 ta gol o'tkazib yuborgan.

81. O'zgarish: Plea maydonni tark etdi, SHtindl safga qo'shildi.

81. Fridl ogohlantirildi va almashtirildi. Uning o'rnida Sarjent harakat qiladi.

75. Klaasen ham ogohlantirildi. U juda asabiy o'ynamoqda.

73. O'zgarish: SHahin almashtirildi, Goller o'yinni davom ettiradigan bo'ldi.

70. Sariq kartochka! Xermann Bittinkurning oyog'iga xavfli chiqib keldi va o'z ulushini oldi.

68. UXXX!! Xermanning zarbasi, Pavlenkaning qoyilmaqom seyvi bilan yakunlandi!

61. Hozirgina maydonga tushgan Noyxausda ham imkoniyayayayatttt! Omad undan yuz o'girdi.

60. GOOOOL! 3:0. Xermanndan dubl! Ajoyib zarba va darvozabon hech narsa qila olmadi! Mukammal zarba bo'lgandi!

59. O'zgarish: Tibbiy yordam ko'rsatilgandan keyin Laslo mustaqil maydonni tark eta olmadi, shifokorlarga tayangan holda Byonesh maydondan oqsoqlangancha chiqib ketdi, uning o'rniga Noyxaus tushdi.

56. Laslo Byoneshning to'pig'ini bosib olgan Nuri SHahin ogohlantirish oldi. Afsus, Byoneshning to'pig'i qayilib ketdi.

54. Alassan Pleaning jarima maydoni yonginasidan yo'llagan burama zarbasi ham xavfli chiqdikuuu! 

53. Penalti! Yann Zomer darvozasiga Klaassenn kuchli zarba berdi, posbondan ajoyib seyv! Penaltini ham qaytardi Zommer, qoyileee!

52. Rami Bensebayni ogohlantirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

TANAFFUS... Birozdan so'ng "Borussiya Park" o'yingohiga qaytamiz! 

45+3. Fridl Tyuramga qarshi qo'pollik ishlatdi. Havolardagi kurashlarda ham olovli jang kechmoqda.

— To'xtalishlar o'rnini qoplash uchun birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

42. Eggeshtaynn! Boshi bilan 6 metrlardan zarba berdi. Zommerga tasannolarrr! Joyni to'g'ri tanlagani, Yannga foyda keltirdi va u yana vaziyat qahramoniga aylanmoqda! Ikki daqiqada ikkitaga seyv! Qoyil Zommer!. Mehmonlarga ham BRAVO! 

41. Rashicaning urinishiii! Zommer kuchli hamda aniq zarbani ajoyib seyvi orqali bartaraf etdi.

38. Markus Tyuramga nisbatan xavfli va qo'pol o'ynagani uchun Velkovich sariq kartochka bilan "mukofotlandi".

36. Bensebayniii! Bugun o'ziga juda ishonib o'ynamoqda. Hozirgi vaziyatda ham o'zi hujum boshladi, Tyuram bilan o'ynab undan pas qilib oldi va yakunlovchi zarbani ham deyarli aniq ijro etdi va to'p darvoza to'siniga tegib maydondan chiqib ketdiii!

34. O'zgarish: Kristoff Kramer (out)og'riq bilan maydonni tark etdi, uning o'rniga 23 raqamda Yonas Xofmann (in) tushdi.

27. GOOOOOOOOOLLLL! Hisob qisqardi! Yuya Osako imkoniyatdan foydalandi! To'xtang, shoshmaymiz, VAR'ga murojaat etilmoqda. Hujum uyushtirilayotganda Milot Rashica, Zakariyaning yiqilishiga yordamlashib yuborgani uchun gol bekor qilindi!

25. SHtefan Layner ham ogohlantirildi. Velvkovichning oyog'iga tashlangani uchun, yo'q, to'pga eta olmay futbolchining oyog'iga tegib ketgani uchun hakam uni ayab o'tirmadi.

22. GOOOLLLL! Mehmonlar birinchi golni hazm qilishga ulgurmay ikkinchi to'pni darvozalaridan olib chiqishdi. Yan Zommerning Tyuramga havolatib uzatib berdi, Markus esa yiqilayotib Xermannga "skidka" tashlab berdi va 7 raqamdagi futbolchi bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi!  2:0. Bundesliga peshqadamining o'yini chakki emas-a?!

20. GOOOOOOOOOOOOL! "Borussiya" oldinga chiqib olmoqda. Byoneshning jarimadan uzatmasini Rami Bensebayni boshi darvoza to'riga joylab qo'ydi! 1:0. Davom etamiz. O'zi vaziyat mezbonlar gol urishiga qarab ketayotgandi, to'g'rimi aziz do'stim?!

14. Uchrashuvdagi birinchi sariq kartochka! Elvedi Bittenkurni azoblagani uchun ogohlantirildi. 

13. Mehmonlar yana hujum uyushtirishdi. CHap qanotdan Bittenkurning uzatmasini Elvedi maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Elvedi bo'lmaganida hisob ochilishi ham mumkin edi. Rahmat aytib qo'yishi kerak, janob Zommer! — gladbaxliklar sardori va posboni

7. Robert Enkening vafoti sababi: 2009 yil 10 noyabr kuni o'z joniga qasd qilgan edi. Enke 6 yil davomida derpessiya kasalligidan azob chekkan va buning ustiga Lara ismli qizchasining 2006 yildagi o'limi... SHulardan qutulish maqsadida o'zini tezyurar poyezd tagiga tashlagani malum bo'lgan.

3. "Verder" ham ajoyib hujum tashki etdi. Milot Rashicaning 20 metrlardan yo'llagan zarbasini Zommer bir amallab qaytarib qoldi. Barakalla ikkala jamoaga ham. SHiddatli o'yin kimga ham yoqmaydi deysiz?!

1. Markuusss Tyuram! Qanotdan uzatilgan to'pni to'xtatmaslan darvoza tomon burdi, biroz noaniq. Mezbonlar ilk daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi. Lilliam Tyuramni taniysizmi? O'sha franciyalik sobiq himoyachining o'g'li bo'ladi shu yigit.

1. Uchrashuv boshlandi!

17:27 | Bugun "Borussiya M" sobiq darvozaboni Robert Enke vafot etganiga 10 yil bo'ldi. Mazkur to'qnashuvdan oldin 32 yoshida foniy dunyoni tark etgan Enke xotirasiga bag'ishlab 1 daqiqalik sukut saqlandi. Uning o'limi haqida tafsilotlarni bilishni istaysizmi? 

17:25 | Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! 

Bundesliga 11 turining markaziy uchrashuvi kecha oqshom ortda qolgan bo'lsa, bugun ayni paytda musobaqa peshqadamining o'yinini birgalikda kuzatib boramiz. Sizlar uchun matnli translyaciyani kamina Nodir Abdurasulov yozib boraman. Fikrlaringiz va savollaringiz bo'lsa bemalol qoldirishingiz mumkin. O'yin davomida onlayn sahifa orqali suhbatlashib boramiz. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика