So’nggi yangiliklar

01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  2 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  6 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  15

Bundesliga: "Bavariya" ko'zi qonga to'lgan "bo'rilar"ning "o'ljasi"ga aylanadimi? Yangiliklar

Bundesliga: "Bavariya" ko'zi qonga to'lgan "bo'rilar"ning "o'ljasi"ga aylanadimi?

Bundesliganing 5-tur yakunlari va bugun boshlanadigan 6-tur prevyusini taqdim etamiz.

Germaniyada Angliya haftaligi boshlandi. Jamoalar oxirgi 10 kunlikda uchta tur o'yinlarini o'tkazishmoqda.

Tig'iz taqvim tufayli ko'plab jamoalar ochko yo'qotishmoqda.
Seshanba va chorshanba kunlari Germaniya chempionatining 5-tur uchrashuvlari o'tkazildi.
Mazkur turda 22ta gol kiritildi. Mezbon jamoalar 9ta gol urishgan bo'lsa, mehmondagilar raqiblari darvozasini 13 marotaba ishg'ol etishdi.
O'tkazilgan 9 uchrashuvdan 3tasida mezbonlar, 4tasida mehmonlar g'alaba qozonishgan bo'lsa, qolgan ikki bahs durang bilan tugadi.

Bundesliga, 5-tur. Turnir jadvali

19 sentyabr, seshanba.

"Borussiya" M - "SHtutgart" 2:0
"Volfsburg" - "Verder" 1:1
"Augsburg" - "Leypcig" 1:0
"SHalke" - "Bavariya" 0:3

20 sentyabr, chorshanba

"Kyoln" - "Ayntraxt" 0:1
"Maync" - "Xoffenxaym" 2:3
"Gerta" - "Bayer" 2:1
"Frayburg" - "Gannover" 1:1
"Gamburg" - "Borussiya" D 0:3


Ushbu turda sensacion yoki kutilmagan natija qayd etilmadi. "Leypcig"ni safarda "Augsburg"ga yutqazgani qaysidir manoda kutilmagan deyish mumkin. Ammo "Augsburg"ning joriy mavsumdagi o'yini va natijalaridan kelib chiqadigan bo'lsak, Manuel Baum jamoasining muvaffaqiyati kutilgandi.

Tobora o'z sport formasini tiklab, o'yindan-o'yinga ochilib borayotgan "Bavariya" esa "SHalke" mehmonda yirik hisobda taslim etdi. Xames Rodrigesning benefisiga aylangan bahsda kolumbiyalik iqtidor egasi jamoasining barcha gollarida bevosita ishtirok etdi va o'z ham yangi jamoasi safidagi debyut golini kiritdi.
Karlo Anchelotti esa ko'plab tanqidlarga ajoyib o'yin va g'alabalar bilan javob berishni boshlab yubordi.


Turning yana bir kutilgan natijasi "Kyoln" hamda "Ayntraxt" jamoalari o'rtasidagi bahsda sodir bo'ldi. Ushbu mavsumda hali ochko ishlamagan Peter SHtoger shogirdlari navbatdagi mag'lubiyat alamini tatib ko'rishdi.

Dortmundning "Borussiya" jamoasi esa "Gamburg" qarshiligini engishda ortiqcha muammolarga duch kelmadi. Mavsumni ajoyib boshlagan "Gamburg" dortmundliklarga hali jiddiy kurash taklif etishga qodir emasliklari ushbu bellashuvda ko'rinib qoldi.
Peter Boshsh boshchiligida "Borussiya" hali bundesligada gol o'tkazib yubormadi. SHuningdek, Pulishich "Gamburg"ga qarshi uchrashuvda jamoasining Bundesligadagi o'zining 3000-golini kiritdi.


"Maync"da mehmon bo'lgan Yulian Nagelsmanning "Xoffenxaym"i quvnoq o'tgan bahsda iroda namoyish etdi va g'alaba qozondi. Gollarga boy o'tgan uchrashuvda muxlislar beshta gol ko'rishdi. Doimgidek Mark Ut jamoa joniga oro kirdi.

Turnir peshqadamlaridan biri "Gannover" esa ushbu turda "Frayburg"ga safar qildi va durang qayd etib qimmatli ikki ochkoni yo'qotdi.

Berlinda esa "Gerta" jamoasi Xayko Xerlixx boshchiligidagi "Bayer"ni dog'da qoldirdi. "Bayer" hozircha yangi murabbiyi qo'l ostida mehmonda yaxshi natija qayd eta olmayapti.
Muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin Andres Yonkerni istefoga chiqargan "Volfsburg" bu turda ishlari yurishmayotgan "Verder"ni mehmon qildi. Ammo bu bahsda ham "bo'rilar" o'z maqsadlariga eta olishmadi.
Martin SHmidt qo'l ostiga o'tgan jamoa "Verder" bilan durang o'ynadi.

Myonxengladbaxda esa Diter Xekkin "Borussiya" bilan "SHtutgart" masalasini o'z foydasiag hal etdi.
Raffaelning dubli jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

5-turdan keyin Bundesliga turnir jadvalining yuqori uchligida bazi o'zgarishlar kuzatildi.
Dortmundning "Borussiya" jamoasi endilikda 13 ochko bilan yakka peshqadamga aylandi. "Frayburg"da durang qayd etgan "Gannover" esa birinchi pog'onadan 4-o'ringa tushib ketdi. Teziligini asta-sekin oshirayotgan "Bavariya" esa Gelzirkirxendagi g'alabadan keyin 12 ochko bilan 2-o'ringa chiqib oldi.
"Xoffenxaym" esa 11 ochko bilan kuchli uchtalikka kirdi.
"Leypcig" qarshiligini enga olgan "Augsburg" ham kuchli-beshtalikni band etmoqda.
Xavfli zona vakillari o'zgarishsiz qolishdi. Yana mag'lubiyatga uchragan "Kyoln" o'zining 18-o'rnini yanada mustahkamladi. "Verder" esa "bo'rilar"dan olgan bir ochkosi o'z aktividagi ochkolarini jami 2taga etkazdi va 17-pog'onada qoldi. "Frayburg" ham ushbu turda ishlab olingan bir ochkosi bilan jami 3 ochko to'plagan holda xavfli hududni bo'shatgani yo'q.


"Maync" va "Bayer" esa mag'lubiyatdan keyin xavfli hududga eng yaqin kelgan jamoalarga aylanishdi.

To'purarlar ro'yxatida karvonboshchilik qilayotgan Robert Levandovski yana gol urishga muvaffaq bo'ldi. "SHalke" darvozasini 11 metrlik nuqtadan ishg'ol etgan hujumchi gollari sonini 6taga etkazdi.
Levandovskini orqadan quvayotgan Obameyang ham ushbu turda bitta gol urdi va 5ta gol bilan to'purarlar ro'yxatining ikkinchi o'rnida bormoqda.


Eng yaxshi assistentlar ro'yxatida peshqadamlik qilayotgan Joshua Kimmixga esa bu gal Vedad Ibishevich hamda Levin Oznutali etib oldi. Uchala futbolchi hisobida 3tadan golli uzatma mavjud.

Roman Byurki esa hozircha gol o'tkazmagan yagona darvozabon bo'lib turibdi. Eng ko'p quruq o'yin albatta dortmundliklar posboniga tegishli.

Bundesligada eng ko'p seyvni amalga oshirgan darvozabon esa "Frayburg" darvozaboni ALeksander SHvollov sanaladi. Ushbu gokiper hozirgacha jami 19 marotaba seyv amalga oshirgan.


Bundesliganing 5-tur ramziy terma jamoasi (3-4-3)
Darvozabon: Roman Byurki ("Borussiya" Dortmund)
Himoyachilar: Feliks Uduokai ("Volfsburg"), Omar Toprak ("Borussiya" Dormund), David Abraxam ("Ayntraxt")
Yarim himoyachilar: Hames Rodriges ("Bavariya"), Nadiem Amiri ("Xoffenxaym"), Rani Xedira ("Augsburg"), Kristian Pulishich ("Borussiya" Dortmund)
Hujumchilar: Raffael ("Borussiya" Myonxengladbax), Vedad Ibishevich ("Gerta"), Martin Xarnik ("Gannover")



Bugun esa Germaniya chempionatining 6-turi start oladi.

Turni "Bavariya" - "Volfsburg" uchrashuvi ochib beradi.

Yangi murabbiy bilan "ov"ga chiqayotgan "bo'rilar"ning ilk "uljasi" "Bavariya" bo'ladimi? Albatta jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, "Volfsburg" ushbu turda ham muvaffaqiyat qozonishi qiyin masala. CHunki oxirgi o'yinlarda "Bavariya" tezligini yanada oshirdi va "Alyanc Arena"da ularni to'xtatib qolish juda qiyin yumush.
Manuel Noyerning jarohati tufayli faoliyatini yakunlagan fidoiy darvozabon Tom SHtarke yana qo'lqoplarini javondan oldi.
Noyerning safdan chiqishi Bundesliga jamoalarining hujumdagi ishtahasiini yanada ochib yuborgani aniq. Lekin Noyerning zaxirasidagi Ulrayxni zabt etish ularga oson bo'lmasligini darvozabon oxirgi o'yinlarda isbotlamoqda.

Xames Rodrigesning asosiy tarkibdagi debyuti ajoyib chiqqani va debyut golini urib olgani futbolchini ortiqcha bosimdan xalos etdi. Buyog'iga Xames yanada kuchliroq va xavfliroq futbolchiga aylanishi aniq.

"Volfsburg"ga yangi murabbiy kelganidan so'ng jamoaga yangi ob-havo kirgani rost. Ushbu o'zgarishlar keyin jamoa ruhiy tushkunlikdan chiqib ketishi yanada osonlashishi mumkin. Jamoa "Bavariya" bilan so'nggi 6ta o'yindan buyon g'alaba qozona olmayapti. Bugun o'sha noxush seriyaga chek qo'yish maqsadida ham futbolchilar qo'shimcha motivaciya bilan o'ynashlari aniq. Bu "Bavariya"dan ochko olishga etarli bo'ladimi yoki yo'q buni vaqt ko'rsatadi.
Myunxenliklarda ushbu o'yinda halal berishi mumkin bo'lgan yana bir jihat, "Bavariya" ushbu o'yinga PSJ bilan bo'ladigan bahsni o'ylab maydonga tushmasliklari lozim. Aks holda buning uchun "bo'rilar" ularni kechirmasliklari mumkin. "Bavariya" ushbu tig'iz taqvim tufayli tarkibda rotaciya qilishga, kuchni tejashga urinayotgani aniq. Agarda jamoa PSJ bilan bo'ladigan o'yinni inobatga olgan holda "Volfsburg"ga qarshi maydonga chiqadigan bo'lsa, bu ularga qimmatga tushishi mumkin.

Turning qolgan uchrashuvlari ertaga davom etadi va yakshanba kuni tugaydi.

Ralf Xazzenxyuttl boshchiligidagi "Leypcig" jamoasi o'z uyida turnir jadvalidagi yon "qo'shni"si "Ayntraxt"ni qabul qiladi. Niko Kovach jamoasi o'tgan turda ham mehmonda o'ynagandi. "Kyoln"ni kichik hisobda mag'lub etgan "Ayntraxt" bu turda ham safarda g'alaba qozonishga urinib ko'rishadi.
5ta o'yindan keyin 7 ochkodan to'plagan  jamoalar o'rtasidagi bahs qiziqarli o'tishi tayin.
"Ayntraxt"ning "Leypcig" bilan o'zaro hisob-kitobi bor. O'tgan mavsumdagi mag'lubiyat uchun ham Niko Kovach revansh olishga krinib ko'radi.

"Maync"ga qarshi iroda va xarakter ko'rsatgan "Xoffenxaym" bu turda "Bavariya"dan qaqshatkich zarbani qabul qilib olgan "SHalke"ni mehmon qiladi.
Ushbu mehmondorchilik katta "ziyofat"ga aylanib ketishi mumkin. Turnir jadvalining yuqori qismidan o'rin olib turgan ushbu ikki jamoalar faqat g'alaba uchun kurashishlari aniq.

Turnir jadvalidagi yana bir "qo'shnilar" Bremenda to'qnash kelishadi. Xavfli hudud vakillari o'rtasidagi bellashuvda "Verder" "Frayburg" bilan kuch sinashadi. Bu o'yinda ikkala jamoadan biri mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritish uchun ajoyib imkoniyatga ega. Bu jamoalarning hozirgi holati bir xil. Ushbu bahsda kim ko'proq g'alabani istasa o'sha jamoa g'olib chiqishi aniqroq.

O'z maydonida o'tgan turda og'zidagi oshni oldirib qo'ygan "Maync" endi "Gerta"ni qarshi oladi.
Pol Dardai uchun Nagelsman "Maync"ni o'z uyida qanday mag'lubiyatga uchratish mumkinigini ko'rsatib ketdi. Ushbu ishni endi Dardai takrorlashi lozim bo'ladi. Dardai bu ishni uddalaydimi yoki yo'q, ko'ramiz.

Mag'lubiyat alamida turgan "SHtutgart" mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayogan "Augsburg" bilan bellashadi. Jamoalarning holati ancha farqli. "SHtutgart" hozircha bir tekis o'ynay olmayotgan bo'lsa, Baum shogirdlari aksincha. "Augsburg" jamoasi hozir kichik eyforiyada. Bavariya shahri jamoasi natija uchun o'ynashni o'rganib oldi va katta ehtimol bilan "SHtutgart"ga ham Baum taktik kurash taklif etishi aniq. Xannes Volf ushbu taktik kurashga qanchalik tayyorligini amalda guvohi bo'lamiz.

Ushbu turning eng jarangdor uchrashuvi Dortmundda kechadi. Ikkata "Borussiya" nomli jamoalar to'qnashuvida Peter Boshsh hamda Diter Xekking qarama-qarshiligini ko'ramiz.


Bundesligada gol o'tkazmayotgan va jadvalda yakka peshqadamga aylangan "Borussiya" Dortmundga myonxengladbaxliklar munosib qarshilik ko'rsatishlari kutilmoqda. Ushbu bahsda dortmundliklarning imkoniyatlari yuqoriroqdir, ammo ikkinchi "Borussiya" nomdoshlarining darvozasini birinchi bo'lib ishg'ol etishlari ehtimoli katta. CHunki Diter Xekkin jamoasi hujumkor o'yinda ancha samarador harakat qiladi. Bu bellashuvda birinchi raqam ostida kim o'ynashi malum. Xekking jamoasi esa aynan birinchi raqam bilan o'ynaydigan jamoalarni qarshi hujumda qanday jazolash mumkinligini juda yaxshi o'zlashtirgan.

Yakshanba kuni esa "Gannover" mehmoni bo'ladigan "Kyoln" mavsumdagi ilk ochkosini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. Andre Braytenrayter esa ushbu bahsda turnir jadvalidagi "to'rttalik"dan tushib ketmaslik uchun g'alaba uchun kurashadi.
"Bayer" esa "Gamburg" bilan Leverkuzenda uchrashadi. Xayko Xerlixx jamoasini boshqa xato qilishga haqqi yo'q. Aks holda jamoa asta-sekin xavfli hududga yaqinlashib qolyapti va bu Xerlixxga chiqish eshiklarini ochib berishi mumkin.

Bundesliga, 6-tur. Turnir jadvali

22 sentyabr, juma
"Bavariya" - "Volfsburg" (23:30)

23 sentyabr, shanba

"Leypcig" - "Ayntraxt" (18:30)
"Xoffenxaym" - "SHalke" (18:30)
"Verder" - "Frayburg" (18:30)
"Maync" - "Gerta" (18:30)
"SHtutgart" - "Augsburg" (18:30)
"Borussiya" D - "Borussiya" M (21:30)

24 sentyabr, yakshanba

"Gannover" - "Kyoln" (18:30)
"Bayer" - "Gamburg" (21:00)

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика