Bundesliga bahslari 9 may kuni davom ettiriladimi?
20 apr 2020 22:33
Yangiliklar


Bundesliga bahslari 9 may kuni davom ettiriladimi?
Bundesliga bahslari may oyi boshida davom ettirilishi mumkin.
Germaniya futbol ligasi bosh direktori Kristian Zayfertning so'zlariga ko'ra, chempionat bahslarini 9 may sanasidan muxlislarsiz boshlash mumkin.
“SHifokorlar guruhi futbolchilar mashg'ulotidan tortib o'yin kuni bo'ladigan barcha jarayonlar uchun koncepciya ishlab chiqishgan. Bu faqat maydonda emas, maydon tashqarisida kechayotgan jarayonlarga ham taalluqli.
Bahslarni muxlislarsiz o'tkazilishi haqida gapiradigan bo'lsam, albatta ishqibozlarsiz bu holat biroz qiziqarsiz tuyulishi mumkin. Ammo iqtisodiy tomondan bu eng to'g'ri yo'l. Ko'plab jamoalar saqlab qolinadi.
Barchani sabr qilishga chaqiraman. Payshanba kuni bu masalada klub vakillari bilan maslahatlashamiz”, dedi Zayfert.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar