So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Bundesliga: Anchelottida "Xoffenxaym" sindromi, Finnbogasonning benefisi va "quruq" "Borussiya" Yangiliklar

Bundesliga: Anchelottida "Xoffenxaym" sindromi, Finnbogasonning benefisi va "quruq" "Borussiya"

"Bavariya" hamda "Borussiya" Dortmund uchun omadsiz o'tgan tur ancha qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo'ldi.


CHempionat boshlanmasidanoq chempionlikni nishonlaydigan "Bavariya" ushbu mavsumda kutilganidan ham ertaroq ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Karlo Anchelotti jamoa ruliga o'tirganidan keyin "Bavariya" hali "Xoffenxaym"ni mag'lub etish chorasini topganicha yo'q. Yulian Nagelsmann ketma-ket ikkinchi o'yinda Germaniya gegemonini taslim etmoqda. Anchelottining jamoadan ketishi haqida gap-so'zlar shamoli Myunxen shahrida chang-tuzonlarni keltirib chiqarmoqda.
Anchelotti "Xoffenxaym" bilan o'yinga biroz mensimaslik ruhi bilan qaradi. Asosiy tarkibning bir qator futbolchilarisiz harakat qilgan "Bavariya" yakunda "Xoffenxaym"ga hech qanday jiddiy kurash taklif eta olmadi. To'p nazorati, o'yin tizgini to'liq "Bavariya" qo'lida bo'lganiga qaramasdan, mezbonlar sanoqli hujumdan maksimal naf chiqarishdi. Mark Utning ikkita aniq zarbasi yo'liga jarohatidan endigina forig' bo'lgan Noyer to'sqinlik qila olmadi.
Anchelotti starti yaqin bo'lgan ECHLni o'ylab, tarkibda bir qator o'zgartirishlarga qo'l urdi.  Bu esa yakunda xato qaror bo'lib chiqdi. "Xoffenxaym" bilan o'yinga tanlangan taktika va tarkib hech qanday ish bermadi.  Anchelottida "Xoffenxaym" sindromi davom etmoqda.
Kelajakda Anchelottining o'rnini egallashi aytilayotgan Yulian Nagelsmann esa Anchelotti bilan bo'lgan to'qnashuvining bu galgisida ham g'olib chiqdi.


Eng qizig'i, "Xoffenxaym"ning o'tgan yilgi muvaffaqiyatli mavsumida asosiy rolni bajargan etakchilar - Rudi va Zyuleni "Bavariya"ga o'tishi ham "Xoffenxaym"ni "Bavariya" fonida kuchsizlantirmadi.
Nagelsmann etakchilarini Anchelottiga topshirgan holatda ham tajribali hamkasbini yutgani uning murabbiy salohiyati qanchalik yuqori ekanligidan dalolat.
Aynan shu mag'lubiyat "Bavariya" rahbariyatiga kelajakda jamoani kimga ishonib topshirishi borasida yakuniy qarorni qabul qilishiga muhim rolni bajarsa ajab emas.

Anchelotti esa ECHL tufayli Bundesligaga past nazar bilan qarash xato ekanligini tushunib etdi.

"Bavariya"ning mag'lubiyati turning eng kutilmagan natijasi bo'lgan bo'lsa, Dortmundning "Borussiya" jamoasi "Frayburg" to'sig'ini enga olmagani tushunarsiz bo'ldi. Peter Bosh jamoasi uchrashuvning uchdan ikki qismini bir kishi ko'p bo'lib o'tkazganiga qaramasdan, o'tgan turda "Leypcig"dan "tarsaki" egan "Frayburg" darvozasiga yo'l topolmadi.


Terma jamoalar o'yinidan keyin va Evropa chempionlar ligasi startidan oldin "Bavariya" hamda "Borussiya" jamoalari qimmatli ochkolarni yo'qotishdi.

Bu esa futbolchilarning jismoniy holatini bir meyorda saqlab turish maqsadida qilingan rotaciyalar natijasida ruy berdi.

Pol Dardai boshchiligidagi "Gerta" jamoasi ham kutilmaganda Berlinda "Verder"ni mag'lubiyatga uchrata olmadi. Jamoaning asosiy quroliga aylanayotgan avstraliyalik Lekkining yagona goli g'alaba uchun etarli bo'lmadi.

Andrey Yonker qo'l ostiga o'tgan "Volfsburg" esa yana o'z uyida g'alaba tamini his eta olmadi. Mehmonda yutayotgan, uyida esa ochko yo'qotayotgan "bo'rilar"ning hozirgi holati biroz tushunarsiz.
Bundesligaga qaytgan va mavsumni ko'tarinki ruhda boshlagan "Gannover" esa har qanday raqibni "bug'ib" qo'ymoqda. Andre Braytenrayter shakllantirayotgan jamoani mag'lub etish sirlari hozircha hech bir murabbiy tomonidan oshkor qilingani yo'q.

Yana bir hech kutmagan natija Myonxengladbaxda qayd etildi. Diter Xekking jamoasi o'z maydonida Kevin-Princ Boatengning yagona goli evaziga "Ayntraxt"ga mag'lub bo'lishdi. Xekking hamda Kovach qarama-qarshiligida xorvatiyalik mutaxassisning tanlagan taktikasi yakunda samarali chiqdi.
Ushbu mag'lubiyat "Borussiya" Myonxengladbaxni turnir jadvalida ancha pastlatib yubordi.

Istefoga yaqin turgan murabbiylar to'qnashuvi ostida o'tgan "Maync" - "Bayer" uchrashuvida Xayko Xerlixx SHvayrcga yutqazib qo'ydi. "Maync" uchun mavsum juda xunuk boshlangandi. Jamoa ketma-ket mag'lubiyatlar girdobida qolgan edi. "Bayer" esa o'tgan turda og'zidagi oshni "Xoffenxaym"ga oldirib qo'ygandi. Bu o'yin nafaqat bu ikki jamoa, balki ularning bosh murabbiylari uchun ham muhim ahamiyat kasb etardi. Bundesligadan tushib ketishga eng asosiy nomzodlar biri sifatida qaralayotgan "Maync" bu bahsda ishonchli g'alabani tantana qildi. Ushbu mag'lubiyatdan keyin esa Xayko Xerlixxning "Bayer"dagi kursi ancha qimirlab qoldi.

"SHalke"ni avvalgi mavqeini tiklash uchun kelgan Domeniko Tedeskoning ishlari tobora yaxshilanib bormoqda.  Bu safar Gelzerkirxenda mehmon bo'lgan "SHtutgart" o'z uyiga ranjib qaytishga majbur bo'ldi.
Bu g'alaba esa "SHalke"ni turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarilishiga sabab bo'ldi. "SHalke" jamoasi deyarli bir yildan buyon turnir jadvalining ushbu hududiga yaqin ham kela olmayotgandi. Tedeskoning dastlabki ishlari hozircha jamoa muxlislarini xursand etmoqda.


ECHLda debyut ostonasida turgan "Leypcig" esa bu turda 2-turdan keyin peshqadamlar safida turgan "Gamburg"ni xafsalasini pir qilib qaytdi. Turning eng etiborga molik va markaziy o'yinida Keyta hamda Vernerning gollariga "Gamburg"dan javob beradigan futbolchi topilmadi.

Bavariya shahrida o'tgan "Augsburg" hamda "Kyoln" jamoalari o'rtasidagi bellashuvda Finnbogasonni ushlab qolishning ilojisi bo'lmadi. Alfred Finnbogasonning xet-trigi "Augsburg"ga mavsumdagi ilk g'alabani taqdim etdi.

SHunday qilib, Bundesligada 3-turdan keyin uch peshqadam paydo bo'ldi. Hozircha mag'lubiyat alamini tatib ko'rmagan "Borussiya" Dortmund, "Xoffenxaym" hamda "Gannover" jamoalari turnir jadvalida peshqadamlikni bo'lishib turishibdi.

Etiborlisi, Germaniya chempionatida 3-turdan so'ng ochko yo'qotmagan jamoa qolmadi.

Dortmundning "Borussiya" klubi hozircha o'z darvozasi daxlsizligini quruq saqlab kelayotgan yagona jamoa hisoblanadi. Byurkini ranjitadigan futbolchi topilmayapti.


Bundesliga, 3-tur. Turnir jadvali

GAMBURG - LEYPCIG 0:2
AUGSBURG - KELN 3:0
BORUSSIYA M - AYNTRAXT F 0:1
VOLFSBURG - GANNOVER 1:1
MAYNC - BAYER 3:1
FRAYBURG - BORUSSIYA D 0:0  
XOFFENXAYM - BAVARIYA 2:0
GERTA - VERDER 1:1
SHALKE 04 - SHTUTGART 3:1


Tur qahramonlari: Bibiana SHtaynxaus, Mark Ut, Alfred Finnbogason

Bundesliganing 3-turida to'rtta mezbon jamoalar g'alabaga erishishdi. Mehmonlardan esa faqatgina "Leypcig" hamda "Ayntraxt" o'z uyiga 3 ochko olgan holda qaytishdi. Qolgan uch bellashuvda g'olib nomi malum bo'lmadi.

Bu turda Germaniya chempionatida jami 20ta gol kiritildi. Ushbu turda o'tgan turga nisbatan samaradorlik pasaydi. Birinchi turga nisbatan esa ko'proq gol urildi.

Tur qahramoni Alfred Finnbogason xet-trigi tufayli to'purarlar poygasida yakka peshqadamga aylandi. Uning hisobidagi gollar soni 4taga etdi.
Finnbogasonga eng yaqin raqobatchilar Timo Verner, Mettyu Lekki, Mark Ut hamda Robert Levandovski hisobida esa uchtadan gol mavjud.

Bundesliganing eng yaxshi assistentlari poygasida Levin Oznutali, Amine Xarit hamda Augustin bellashishmoqda. Ushbu futbolchilar hisobida hozircha ikkitadan golli uzatma mavjud.


Bundesliganing 3-tur ramziy terma jamoasi (5-3-2):

Darvozabon: Oliver Baumann ("Xoffenxaym")
Himoyachilar: Filipp Maks ("Augsburg"), Benjamin Xubner ("Xoffenxaym"), CHaglar Soyunchu ("Frayburg"), Dayot Upamekano ("Leypcig"), Marsel Xalstenberg ("Leypcig)
Yarim himoyachilar: Nabi Keyta ("Leypcig"), Levin Oznutali ("Maync"), Amine Xarit ("SHalke")
Hujumchilar: Alfred Finnbogason ("Augsburg"), Mark Ut ("Xoffenxaym")

Muallif :
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика