So’nggi yangiliklar

19:16Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" – "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  0 19:05Суперлига. "Металлург" - "Нефтчи" 0:0 (матнли трансляция)  6 18:59Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" – "Пахтакор": Асосий таркиблар маълум   1 18:43ПРО-Лига. "Қўқон-1912" - "Бухоро": Асосий таркиблар маълум  0 18:31Қизиқ факт. "Бунёдкор" Ўзбекистон кубоги доирасида 2009 йилдан буён "Пахтакор"га мағлуб бўлмаяпти   1 18:05Майкл Оуэн: "Тен Хаг "Манчестер Юнайтед"га муносиб мураббий эмас. Клуб у билан тўртликка киришдан умид қилмасин"  5 17:09"Арсенал" Испания термаси ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олади  0 16:36"Рома" Пауло Дибала "Ал Қодисия"га кетишига тайёр   1 16:00БУМ! АПЛда келишилган ўйин?  5 15:41"Олимпик"да бош мураббий ўзгарди  6 15:22"Барселона" форварди "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 15:00Opta суперкомпютери Бундеслига старти олдидан чемпионлик учун асосий даъвогарни тахмин қилди  3 14:30"Манчестер Сити" мухлислари учун нохуш хабар — "шаҳарликлар" ярим ҳимоячиси оёғини синдириб олди  2 14:05Расман: Рональдиньо Жуниор фаолиятини Англияда давом эттиради  3 13:37"Ювентус" "Милан" ҳимоячисини ижарага олиш бўйича таклиф юборди. Футболчининг ўзи бу трансферга рози  2

Bundesliga, 4-tur. Prevyu Yangiliklar

Bundesliga, 4-tur. Prevyu

Germaniya chempionatining 4-tur o'yinlariga bugun start beriladi.


Turni ochib beradigan uchrashuv nemis futboli muxlislarining diqqat markazida.

Bundesligaga qaytgan "Gannover" bugun "HDI Arena"da "Gamburg"ni sinovdan o'tkazadi.

Bu ikki jamoaning qarama-qarshiligi ayni paytda ko'pchilikda katta qiziqish uyg'otmoqda. "Gannover"ning muvaffaqiyatli starti jamoaning ishtiyoqini yanada oshirib yubordi. Raqiblar esa ushbu jamoaga hurmat bilan qarashga majbur bo'lishmoqda. Andre Braytenrayter "Gannover"ni jiddiya qiyofadagi jamoaga aylantirdi.
Andre Braytenrayter avvaliga "Maync"ni dog'da qoldirdi. Keyinchalik "SHalke" xuddi shu uslubda mag'lub etildi. O'tgan turda esa jamoaning mudofaa chizig'i buzildi. "Volfsburg"ga qarshi uchrashuvda jamoa hisobda ortga qolayotib vaziyatni o'nglashiga to'g'ri keldi. Mag'lubiyatdan qutilib qolgan "Gannover"ga g'alaba to'pini kiritish uchun fursat etmadi.
SHu tariqa jamoa o'zining g'alabani odimini to'xtatdi, ammo mag'lubiyatsiz seriya davom etdi.


"Gamburg" uchun ham dastlabki ikki tur omadli bo'ldi. Ammo o'tgan turda "Gamburg" o'z uyida "Leypcig"ga yutqazib qo'ydi. "Gamburg" joriy mavsumda mehmonda ishonchli va samarali to'p tepmoqda. "Kyoln"ga qarshi o'yindagi gollar-shousi bunga yaqqol misol bo'ladi. Ko'pchilikni hayron qoliratgan jihat, ushbu mavsumda "Gamburg" himoyadagi o'yinini ham tartibga soldi. Gisdol jamoasining eng asosiy muammosi himoyadagi kamchiliklar edi. Bu yildan esa Gisdol ushbu kemtikni to'ldirishga erishdi.

Gannoverda bugun ikkita teng kuchli jamoalar kuch sinashishadi.
Himoyada tartibli o'ynayotgan bu ikki jamoa o'rtasidagi bahsda ko'plab gollarga guvoh bo'lmasligimiz mumkin. Ammo Braytenrayter hamda Gisdol qarama-qarshiligi taktik taraflama ancha keskin ruhda o'tishi kutilmoqda.
"Gannover" mavsumni ko'tarinki ruhda davom ettirishga, o'z uyida g'alaba qozonishga urinishi tabiiy. Mag'lubiyatsiz seriyani davom etayotganiga ham jamoaga qo'shimcha motivaciya bag'ishlaydi.

"Gamburg" esa o'tgan turdagi muvaffaqiyatsiz o'yin uchun ham o'z muxlislarini ishonchini oqlashga harakat qiladi.

Ushbu jamoalarning Bundesligadagi oxirgi 6 mavsumidagi o'zaro o'yinlaridagi statiktikaga nazar soladigan bo'lsak, unda tenglikni ko'rishimiz mumkin.

O'yin bobida ham, natijalar va o'zaro uchrashuvlardagi statistikada ham bu jamoalar deyarli teng ko'rsatichka ega.
O'tkazilgan so'nggi 12ta o'yindan 5tasida "Gannover", yana 5tasida "Gamburg" g'alaba qozongan. Qolgan ikkita bellashuvda durang qayd etilgan.


Ertaga esa Bundesliganing 4-turidan o'rin olgan 6 uchrashuv bo'lib o'tadi.

Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan "Borussiya" Dortmund o'z uyida ushbu mavsum ishlari yurishmayotgan "Kyoln"ni mehmon qiladi. O'yin jihatidan hozirgi kunda Bundesligada Peter Boshshga qurayotgan jamoaga teng keladigan yo'q. "Kyoln" esa himoyada juda ko'plab muammolarga ega. Bu jamoa himoyadagi tartibli o'yini bilan nom qozongan. Ammo joriy mavsumda "Kyoln"ning aynan himoyadagi bo'shliqlari  ularga ko'p pand bermoqda. "Kyoln" ushbu turda "Borussiya"ning hujumkor o'yini oldida ancha qiynalib qolishi aniq.

O'tgan turda "Xoffenxaym"da mehmon bo'lib mag'lubiyatga uchragan "Bavariya" endilikda bor alamini "Maync"dan olishga urinib ko'radi.
"Maync" yangi mavsumdagi ilk g'alabasini o'tgan turda "Bayer"ga qarshi bahsda qo'lga kiritdi. Ushbu g'alaba "Bavariya" bilan bo'ladigan muhim bahs oldidan ularga katta ishonch bag'ishlashi mumkin.

"Leypcig" esa bu turda Myonxengladbaxning "Borussiya" jamoasi bilan kuch sinashadi.
Ushbu jamoalarning o'tgan mavsumdagi to'qnashuvida bitta g'alaba va bir durang qayd etilgandi. Hozircha "Borussiya" jamoasi Ralf Xazzenxyuttl boshchiligilagi "Leypcig"ni mag'lubiyatga uchratishgani yo'q. Bu gal ushbu ishni amalga oshirib ko'rishga harakat qilishsa ajab emas. Ammo "Red Bull Arena"da "Leypcig"ni mag'lubiyatga uchratish hozircha faqatgina "Bavariya"ga nasib qilgan.

Yana bir etiborga moliq o'yin SHtutgartda o'tadi. "Volfsburg" bu turda "SHtutgart" mehmoniga aylanadi.

Yulian Nagelsmann boshqaruvidagi "Xoffenxaym" esa "Bavariya"dan keyin "Gerta"ni sinovdan o'tkazadi.
Bu uchrashuv ancha hujumkor va tomoshabop o'tishi kutilmoqda. Pol Dardai va Yulian Nagelmann hujumkor futbol falsafasini ilgari suradigan mutaxassislar sanalishadi.
"Bavariya" yutgan "Xoffenxaym" albatta bu to'qnashuvda favorit hisoblanadi. Ammo "Gerta" o'tgan mavsumdan buyon raqiblariga kutilmagan sovg'alarni taqdim etishayotganini inobatga oladigan bo'lsak, bu bahs "Xoffenxaym" uchun oson o'tmasligi aniq.
O'tgan mavsumda ikkala o'yinda ham Nagelsmann Dardani mag'lub etgandi. "Gerta" bosh murabbiyining esa Nagelsmann bilan o'zaro hisob-kitobi bor.

Bundesliga, 4-tur. Turnir jadvali

15 sentyabr, juma.
"Gannover" - "Gamburg" (23:30)

16 sentyabr, shanba.
"Verder" - "SHalke" (18:30)
"Bavariya" - "Maync" (18:30)
"Ayntraxt" - "Augsburg" (18:30)
"SHtutgart" - "Volfsburg" (18:30)
"Leypcig" - "Borussiya" Myonxengladbax (21:30)

17 sentyabr, yakshanba.
"Xoffenxaym" - "Gerta" (16:30)
"Bayer" - "Frayburg" (18:30)
"Borussiya" Dortmund - "Kyoln" (21:00)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика