So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

"Bundan ham kamroq o'ynaysan". Asosiy tarkibdan chiqarilgan Pike va boshqa yulduzlar Yangiliklar

"Bundan ham kamroq o'ynaysan". Asosiy tarkibdan chiqarilgan Pike va boshqa yulduzlar

Qani ketdik.

Darvozabon


Keylor Navas (PSJ) — 0 daqiqa


Bu erda va bundan keyingi o'yinchilarda faqatgina milliy chempionatlardagi daqiqalar ko'rsatilgan. Afsuski, Navas hozirda "Napoli" darvozasini qo'riqlamayapti. Kosta-rikalik mavsumning og'ir qismida Zelinski, Lobodka va Kvaracxeliya charchagan payt, Spalletining chempionlik uchun asosiy o'yinchilardan bo'lardi. Keylor darvozasini ajoyib tarzda qo'riqlaydi, u JCH-2022da ispan, nemis va yaponlarga qarshi o'ynaydi, ammo hozircha zaxirada o'tiribdi. Donnarumma Galtening qo'l ostida Liga 1dagi barcha o'yinlarda harakat qilgan yagona o'yinchi. Ammo, italiyalik CHempionlar Ligasida ham o'ynamoqda, yangi murabbiy unga ko'proq ishonch bildirmoqda. Navasni neapolliklar bilan bitim shartlari qoniqtirmadi, ammo bu xato — Parijdan ketish kerak edi.



Himoyachilar


Jerar Pike ("Barselona") — 90 daqiqa


Ushbu muloqot uchun sabab — Pikening Xavi bilan kelishmovchiligi. Kataloniyaliklarning JCH g'olibi kiyim almashtirish xonasida o'yin amaliyoti miqdoridan noroziligini malum qilgan va murabbiy bunga javoban: "Endi sen bundan ham kamroq o'ynaysan" degan. Ernandesga Pikening yosh talaba bilan ishqiy munosabat bilan chalg'igani yoqmagan, u bungacha SHakira bilan ajrashgan edi. Endi ko'plab raqobatchilar paydo bo'ldi, ispanning formasi esa idealdan ancha uzoqda.



Xarri Maguayr ("Manchester Yunayted") — 190 daqiqa


Maguayr Manchesterda boshi berk ko'chaga kirib qolgan, Varan va Lisandro juftligi esa ushbu mavsumda asosiy bo'lishi mumkin. Rafael Jahon chempionatiga tayyorlanmoqda, Lisandro esa ten Xagning o'yinchisi. Bir tarafdan, kiyim almashtirish xonasi unga tegishli emas — Ronalduning maqomi ancha yuqoriroq, ikkinchi tomondan Xarri maydonda juda ko'p "qovun tushiradi".



Leonardo Bonuchchi ("Yuventus") — 192 daqiqa


Bonuchchining jarohati bor edi, ammo Allegri undan keyin ham "qariya"ni tarkibga kiritmadi. Hatto, Turin klubida hozirda og'ir damlar bo'lsa ham. Jorjo Los-Anjelesga yo'l oldi, Bonuchchi esa qoldi va Allegri bilan birga aziyat chekmoqda.



Yarim himoyachilar


Riyad Maxrez ("Manchester Siti") — 223 daqiqa


Xolandning "Manchester Siti"ga kelishi va Silvaning qolish qarori qurboni. Erling ajoyib tarzda tarkibga kirdi, Gvardiola qanotda Foden va Silvaning xizmatlaridan foydalanmoqda. Yana Grilish ham bor, hozircha Alvares ham tez-tez tarkibga kiritilmoqda va unga qaerda o'ynashning farqi yo'q, asosiysi o'ynasa bo'lgani. SHu sabab Maxrez tarkibdan chetda qolishi mumkin va unga qiziqish bildirgan "Milan" va boshqa klublar haqida eslashi mumkin.



Kalvin Fillips ("Manchester Siti") — 1 daqiqa


Bechora Kalvin hatto tozalovchiga ham katta pul to'laydigan "Manchester Siti"dan ajoyib shartnoma oldi, ammo chempionlar safida o'ynamayapti. Tayanch zonasida rotaciya qilish oson ish emas, Rodri JCH-2022da o'ynashni rejalashtirmoqda, shu sabab Fillips formasini va mundialni ham boy bermoqda. Gvardiolaning esa unga kerak bo'lmagan xavbek uchun katta pul sarflagani g'alati. Yoki Fillipsni bahorda adaptaciyadan keyingi holatini ko'ramizmi?



Rayan Gravenberx ("Bavariya") — 105 daqiqa


Xavbek "Bavariya"da o'yin amaliyoti olmayotganidan xafa:


"Xafamanmi? To'g'risini aytsam, ha. Sen o'ynashni xohlaysan, ammo murabbiy boshqalarni tanlaydi. Buni qabul qilaman, ammo mamnuniyat bilan emas. Men ko'proq o'yin amaliyotiga umid qilgan edim, ammo asabiylashmaslikka harakat qilaman. Umid qilamanki, terma jamoalar tanaffusidan so'ng ko'proq o'yin amaliyoti olaman", — dedi xavbek.


Yosh o'yinchi kelajakda Gorecka va Zabitcerdan ham ko'proq o'ynashi mumkin. Gravenberxda istedod bor va u Kimmixning uslubini to'ldirishi mumkin, niderland shuningdek hali yigirma yoshda. Nagelsmannni esa omadsizlik rotaciya o'tkazishga majbur qiladi.



Jek Grilish ("Manchester Siti") — 212 daqiqa


Jek sabab "shaharliklar" ustidan kulishmoqda, sababi CHempionlar Ligasiga asosiy favoritlardan biri bo'lgan klub ushbu o'yinchi uchun juda ko'p pul to'ladi. Grilish bir necha bor sport "rejim"ini buzgan va Gvardiola buni yaxshi biladi. "Vulverxempton"ga qarshi urilgan goldan quvonishga hali erta, Grilish hali ham barqaror emas.



Eden Azar ("Real") — 98 daqiqa


Hatto Benzemaning jarohati ham Azarni asosiy tarkibga o'tkazmadi. Anchelotti ushbu yozda shaxsiy muloqotga ko'proq urg'u bergan ko'rinadi. Karlo Antonio Ryudigerning Madrid yaqinidagi yangi uyiga kelganidan ikki soat o'tib, oilasi bilan ovqatlanish uchun mehmonga bordi — oqilona harakat. Karlo darhol germaniyalik futbolchiga kelishi muhimligini bildirdi. Azarda esa katta maosh, kichik jarohatlar va o'tgan mavsumdagi yomon formani eslash mumkin, ammo Karlo u bilan ham suhbatlar olib bordi. Karlo o'yinchini "yashirin to'qqizlik" bo'lishiga ishontirdi. Ammo, Benzema jarohatdan qaytishi bilan Vinisius, Rodrigo va Valverde uni asosiy tarkibga qo'yishmaydi...



 Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted") — 207 daqiqa


U hatto raqobatdoshi Marsyal jarohati sabab mavsumni startini o'tkazib yuborgan bo'lsa ham, mavsumni golsiz boshladi. Bu ro'yxatda Depay, Alba, Asensio, Rabo, Jota, Nunes, Jan va ko'plab boshqa taniqli o'yinchilar bo'lishi mumkin edi. Ronalduga kelsak, hozircha uning ishlari joyida emas. Bundan tashqari, Erik ten Xag uning taktikasi Ronaldusiz ishlashi mumkinligini ko'rsatib qo'ydi.





Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика