Bukayo Saka "Arsenal" bilan shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirishga yaqin
16 iyu 2022 11:40
Yangiliklar
Bukayo Saka "Arsenal" bilan shartnomani 2027 yilga qadar uzaytirishga yaqin
Yarim himoyachi Bukayo Saka "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Tomonlar yangi bitim shartlari borasida kelishuvga erishishga yaqinlar. "Kanonirlar" 20 yoshli angliyalik bilan 2027 yilning iyun oyi so'nggiga qadar shartnoma imzolashmoqchi.
Saka — "Arsenal" tarbiyalanuvchisi. Futbolchi o'tgan mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 43ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O'yinchining amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar