"Bunyodkor": Mashg'ulotlar boshlandi, rejada o'rtoqlik uchrashuvi bor
13 mar 2019 10:32
Yangiliklar


"Bunyodkor": Mashg'ulotlar boshlandi, rejada o'rtoqlik uchrashuvi bor
Superliganing 1-turida Jizzaxda So'g'diyona mehmoni bo'lgan Bunyodkor jamoasi azolariga uchrashuvdan keyin qisqa muddatli tanaffus berilgan edi.
Garchi jamoa Superliganing 2-turini 31 mart kuni o'tkazsada, navbatdagi o'yinga qadar ikki haftadan ko'proq vaqt bo'lsa-da, «qaldirg'ochlar» kechadan mashg'ulotlarga kirishdi. Vadim Abramov shogirdlari kecha tushdan so'ng klub qarorgohida yig'ildi va mashg'ulotlarni boshladi.
Superliganing turlar oralig'ida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan jamoa nazorat uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirilgan. 14 mart kuni «Bunyodkor» saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar