"Bunyodkor": Mashg'ulotlar boshlandi, rejada o'rtoqlik uchrashuvi bor

Narzulla Saydullayev
13 mar 2019
Superliganing 1-turida Jizzaxda So'g'diyona mehmoni bo'lgan Bunyodkor jamoasi a'zolariga uchrashuvdan keyin qisqa muddatli tanaffus berilgan edi.

Garchi jamoa  Superliganing 2-turini 31 mart kuni o'tkazsada, navbatdagi o'yinga qadar ikki haftadan ko'proq vaqt bo'lsa-da, qaldirg'ochlar kechadan mashg'ulotlarga kirishdi. Vadim Abramov shogirdlari kecha tushdan so'ng klub qarorgohida yig'ildi va mashg'ulotlarni boshladi.

Superliganing turlar oralig'ida yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan jamoa nazorat uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirilgan. 14 mart kuni Bunyodkor saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com