So’nggi yangiliklar

02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  11 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  1 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  3 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  2 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3 22:04Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Сўғдиёна"ни мағлуб этди   18 21:58Хёйсеннинг "Реал"даги маоши маълум. АПЛ клублари ҳимоячига кўпроқ пул тўлашга тайёр эди  3 21:35МЮда мавсумнинг энг яхши ўйинчиси аниқланди  0 21:11Хосеп Гвардиола: "Албатта, биз Англия кубогини қўлга киритишни истаймиз, аммо бу биз учун етарли эмас"  1 20:43Хёйсен "Реал" билан 5 йиллик шартнома имзолайди  20 20:20"Атлетико" 55 млн евролик трансферни амалга оширишга яқин  31 19:50УЕФА Чемпионлар Лигаси йўлланмаси учун жиддий кураш. "Чипта" битта — даъвогар эса иккита  9 19:44"Сурхон" — "Сўғдиёна". Асосий таркиблар маълум  2

Bugun JCH-2018 saralash bahslariga qura tashlanadi Yangiliklar

Bugun JCH-2018 saralash bahslariga qura tashlanadi

Teglar :  JCH-2018
Bugun 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati saralashi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Sankt-Peterburg shahridagi "Konstantinov" saroyida mahalliy vaqt bilan 18:00da (Toshkent vaqti bilan 20:00) boshlanadigan tadbirda jahonning ko'plab futbol yulduzlari ishtirok etishadi.

Bugungi qura jarayonini supermodel Nataliya Vodyanova hamda Birinchi kanal boshlovchisi Dmitriy SHepelev olib boradi.



Tadbirda Valeriy Gergiev, Polina Gagarina, Xibla Gerzmava, Vasiliy Gerello, Igor Butman kabi sanat ustalari ham ishtirok etishadi.

Bugungi qura jarayoni vaqtida 141ta jamoa o'z raqibini bilib oladi. Ushbu qura tashlash jarayonida Osiyo qitasi jamoalari ishtirok etishmaydi, sababi bizning qitada saralash allaqachon boshlanib ketgan. Faqatgina Osiyo qitasida beshinchi o'rinni olgan jamoa qaysi qita vakiliga qarshi pley-offda o'ynashini bilib oladi.

Evropada 52ta terma jamoa saralash bosqichida ishtirok etadi va ulardan 13tasi mundialga chiqadi. Mezbon Rossiya va FIFA tarkibiga kirmagan Gibraltar saralashda qatnashmaydi.

52ta jamoa 7ta guruhda 6tadan va 2ta guruhda 5tadan jamoa bo'ladi. Guruh g'oliblari Jahon chempionatiga yo'llanma oladi. Ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan 8ta jamoa pley-off bosqichida qatnashishadi. Savatchalar FIFA reytingi asosida ajratib chiqilgan. Ozarboyjon va Armaniston terma jamoalari siyosiy sabab tufayli bir guruhdan o'rin olishmaydi.



Evropa qitasi terma jamoalari savatchalari:
1-savatcha: Germaniya, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya, Ruminiya, Angliya, Uels, Ispaniya, Xorvatiya
2-savatcha: Slovakiya, Avstriya, Italiya, SHveycariya, CHexiya, Franciya, Islandiya, Daniya, Bosniya va Gercegovina
 3-savatcha: Ukraina, SHotlandiya, Polsha, Vengriya, SHveciya, Albaniya, SHimoliy Irlandiya, Serbiya, Greciya
 4-savatcha: Turkiya, Sloveniya, Isroil, Irlandiya, Norvegiya, Bolgariya, Farer orollari, CHernogoriya, Estoniya
 5-savatcha: Kipr, Latviya, Armaniston, Finlyandiya, Belorussiya, Makedoniya, Ozarboyjon, Litva, Moldaviya
 6-savatcha: Qozog'iston, Lyuksemburg, Lixtenshteyn, Gruziya, Malta, San-Marino, Andorra

Janubiy Amerikada 10ta jamoa 4,5ta yo'llanma uchun kurashishadi. 2015 oktyabr oyidan 2017 yil oktyabr oyiga qadar jamoalar o'zaro ikkitadan o'yin o'tkazishadi. Taqvim Sankt-Peterburgdagi qura vaqtida aniqlanadi. Saralash bahslarida eng ko'p ochko to'plagan to'rt jamoa to'g'ridan-to'g'ri JCH-2018ga yo'l olsa, beshinchi jamoa qitalararo pley-offda ishtirok etadi. Raqib qaysi qitadan bo'lishini ham qura aniqlab beradi.

Okeaniya. Bu mintaqada eng past reytingga ega bo'lgan Amerika Samoasi, Kuka orollari, Samoa va Tonga jamoalari 31 avgust-4 sentyabr kunlari o'tish bosqichida ishtirok etishadi. Bu bosqich g'olibi Okeaniyaning 7 jamoasiga qo'shilib JCH saralashini davom ettiradi. 8ta jamoa ikki guruhga bo'linadi. Keyingi yilning 28 may-12 iyun kunlari guruh o'yinlari bir davrada bo'lib o'tadi. Ikkinchi bosqichga guruhlardan uchtadan jamoa chiqadi. Jami 6ta jamoa ikki guruhga ajratiladi. Ushbu bosqichda guruh g'oliblari o'zaro o'yin o'tkazishadi. Unda g'olib chiqqan jamoa qitaalararo pley-offda qatnashadi. Raqib qaysi qitadan bo'lishini ham qura aniqlab beradi.



KONKAKAF. Ikkinchi bosqichda g'olib chiqqan 10 jamoa (Kanada, Salvador, Sent-Vinsent va Grenadin, Grenada, Antigua va Barbuda, Beliz, Aruba, Nikaragua va Kyurasao) uchinchi bosqichga chiqishdi. Bu bosqichda Yamayka va Gaiti ham ishtirok etadi. 6ta juftlik 31 avgust-8 sentyabr oralig'ida o'zaro (uy-safar) o'yin o'tkazishadi sygrayut. 6ta g'olib jamoa keyingi bosqichda yana 6ta jamoa Kosta-Rika, Meksika, AQSH, Gonduras, Panama va Trinidad va Tobago jamoalari bilan to'rtinchi bosqichda kuch sinashishadi. 12ta jamoa 4tadan 3ta guruhga ajratiladi. Har bir guruhdan 2tadan eng ko'p ochko olgan jamoalar beshinchi bosqichga chiqadi. So'nggi bosqichda 6ta jamoa bir guruhda kurash olib boradi. Eng ko'p ochko olgan 3ta jamoa Rossiyadagi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritadi. To'rtinchi o'rinni olgan jamoa esa qitaalararo pley-offda qatnashadi. Raqib qaysi qitadan bo'lishini ham qura aniqlab beradi.

Afrika. Zimbabve terma jamoasi FIFA tartib-intizom qo'mitasi tomonidan saralashdan chetlatilgan. SHu bois saralash bosqichida qora qitaning 53ta jamoasi qatnashadi. Birinchi bosqichda eng past reytingga ega bo'lgan 26 jamoa qatnashadi. 13ta juftlik o'zaro 5-13 oktyabr oralig'ida (uy-safar) o'yin o'tkazadi. G'oliblar keyingi bosqichda yuqoriroq reytingga ega 27ta jamoaga qo'shilib keyingi bosqichda qatnashadi. 20ta juftlik o'zaro (uy-safar) o'yin o'tkazadi. G'olib bo'lgan 20ta jamoa 4tadan 5ta guruhga ajratiladi. Har bir guruh g'oliblari (5ta jamoa) JCH-2018ga yo'llanma oladi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика