⚡️ Bugun UEFA Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi
10 avg 2022 08:40
Yangiliklar


⚡️ Bugun UEFA Superkubogi uchun bahs bo'lib o'tadi
Bugun, 10 avgust kuni Xelsinkidagi “Olimpiya” o'yingohida UEFA Superkubogi-2022 bahs bo'lib o'tadi.
Unda ECHL amaldagi g'olibi “Real” hamda Evropa Ligasi chempioni “Ayntraxt” o'zaro to'qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:59 da start oladi. O'yinni Maykl Oliver boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Bu hisob bo'yicha superkubok uchun o'tkazilayotgan 47-bahs hisoblanadi. O'tgan yilgi g'olib “CHelsi”, eng ko'p titulni esa “Barselona” hamda “Milan” qo'lga kiritgan – 5 tadan.
Madridliklar 7 bor ushbu titul uchun maydonga chiqib, 4 marta (2002, 2014, 2016, 2017) muvaffaqiyatgan erishgan. Frankfurtliklar esa superkubok uchun debyut bahsida harakat qiladi.
UEFA Superkubogi-2022
“Real” Ispaniya – “Ayntraxt” Germaniya
23:59, “Olimpiya” stadioni
Ikkala jamoaninig bugungi to'qnashuv uchun qaydnomasi:
O’xshash yangiliklar

Fikrlar