Bugun "So'g'diyona" U-21 nima uchun bosh murabbiysiz o'ynadi?
18 mar 2021 19:38
Yangiliklar
Bugun "So'g'diyona" U-21 nima uchun bosh murabbiysiz o'ynadi?
Bugun U-21 Birinchiligida 3-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g'alabaga erishishdi.
Ushbu bahsda mehmonlar bosh murabbiysiz o'ynashdi. Biroz avval saytimizda bu borada xabar ham chiqqandi.
Xo'sh, "So'g'diyona" U-21 bosh murabbiyi Rasul Hayitov nima uchun bugun qaydnomadan o'rin olmadi?
U-21 birinchiligi 1-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari U-21” – “So'g'diyona U-21” uchrashuvida “So'g'diyona U-21” bosh murabbiyi Rasul Xaitov o'zini nazorat qila olmay, maydonga tushib, raqib jamoasi va o'z jamoasi shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi belgilangandi.
SHu sababli "Qizilqum"ga qarshi bahsda qaydnomadan jamoa mamuri va massajchi joy oldi xolos.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar