Bugun SHadrinni so'nggi manzilga kuzatishdi
23 iyu 2014 12:30
Yangiliklar
Bugun SHadrinni so'nggi manzilga kuzatishdi
Soat 11:00da Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida SHadrinni so'nggi manzilga kuzatish marosimi bo'ldi.
Afsuslar bo'lsinki, bu futbolchi endi oramizda yo'q.
"Lokomotiv" rahbariyati futbolchining oila azolariga moddiy yordamini ayamadi. SHuningdek, futbolchilar ham. Bunday insonparvarlik uchun ularga rahat aytishimiz mumkin.
Hammadan ham Fozil Musaev iztirobda. Bu ikki futbolchi yoshlikdan birga futbol maktabiga borgan. Keyinchalik bu ikki do'st CHig'atoy futbol maktabida birga o'qidilar. Keyin "Mashal" klubining farm klubida birga to'p tepdilar. Yillar davomida O'zbekiston yoshlar va keyinchalik olimpiya terma jamoasida bir xonada istiqomat qildilar. Fozilning ko'zlaridan yosh tinmayapti. Fozilga do'sting uchun o'zingni ushla, u erishmagan natijalarga sen erishgin deymiz.
P.S: Yaponiya bilan o'yin SHadrinning faoliyatidagi eng yaxshisi bo'lgan. "Navbahor" - "Paxtakor" bahsi ham undan kam bo'lmagan deb o'ylayman. 2011 yil Kosonsoyda bo'lib o'tgan o'yinning 19 va 24-daqiqalarida SHadrin juda chiroyli tarzda gol urgan edi. "Navbahor"ning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan uchrashuvdagi ikki gol ham bir xil chiqqan edi. Birinchi golga kim pas bergan yodimda yo'q, ammo ikkinchisida Alisher Mahmudov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni havolatib etkazib beradi. SHu pasdan keyin ikkinchi to'p Timur Jo'raev darvozasi to'ridan joy oladi.
Suratda, SHadrinni birinchi goldan keyingi quvonchi.
Nodirxo'ja YU.

Fikrlar