Bugun "Qo'qon-1912"ga yangi bosh murabbiy tayinlanadi
09 dek 2019 11:11
Yangiliklar
Bugun "Qo'qon-1912"ga yangi bosh murabbiy tayinlanadi
2019 yilgi mavsumni 11-o'rinda tugatgan "Qo'qon-1912"ga bugun yangi bosh murabbiy tayinlanadi.
"BREAKING NEWS : "Qo'qon" jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Birozdan so'ng..... Biz bilan birga bo'ling!", - deb yozadi klubning telegramdagi rasmiy kanali.
Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" 2019 yilgi mavsumni No'mon Hasanov boshchiligida boshlagandi. May oyida Hasanov istefoga chiqarilgach uning o'rnida vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi Aziz To'xtaboev ishladi.
Katta ehtimol bilan yangi murabbiy O'zbekiston chempionatida ishlagan mutaxassislardan biri bo'ladi.
Fikrlar