Bugun Qatar kubogi finalida "Al Jayish" "Lahviya" bilan o'ynaydi
29 apr 2016 11:17
Yangiliklar
Bugun Qatar kubogi finalida "Al Jayish" "Lahviya" bilan o'ynaydi
Qatar kubogida Yulduzlar ligasida dastlabki to'rt o'rinni egallagan klublar ishtirok etishdi. Mamlakat chempioni "Al Rayyan" klubi quraga ko'ra yarim finalda to'rtinchi o'rinni egallagan "Lahviya"ga qarshi o'ynadi. Unda "Bunyodkor"ning OCHLdagi raqibi "Lahviya" klubi 3:1 hisobida zafar quchdi.
Hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Al Jayish" bronza medalga ega chiqqan Xavi boshchiligidagi "Al Sadd" klubi bilan kuch sinashdi. Bu bahsda "Al Jayish" g'olib bo'ldi - 3:2.
Bugun yarim final g'oliblari Doxa shahridagi "Jassim Bin Hamad" stadionida bosh sovrin uchun maydonga tushishadi. Eslatib o'tamiz, Rashidov bu mavsumda "Al Jayish" bilan birga Qatar Yulduzlar ligasida kumush medallarni qo'lga kiritgandi. Bugungi o'yinda ham Rashidov va uning jamoasiga g'alaba yor bo'lishini tilaymiz.
Qatar kubogi. Final
29 aprel 2016. Doxa. "Jassim Bin Hamad" stadioni. 19:15 (Toshkentda 21:15)
"Lahviya" - "Al Jayish"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar