Bugun O'zbekiston Belgiya bilan o'ynaydi
29 avg 2017 12:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/274695_original.jpg)
![](/upload/storage/274695_220.jpg)
Bugun O'zbekiston Belgiya bilan o'ynaydi
O'smirlarimiz ilk uchrashuvni Belgiyaga qarshi bugun o'tkazishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi. Guruhdagi ikkinchi o'yin Polsha va Vengriya o'rtasida kechadi.
Dilshod Nuraliev ushbu musobaqaga quyidagi futbolchilarni olib ketgan:
Darvozabonlar: Mo'minmirzo Qodirov, SHukron Yo'ldoshev;
Himoyachilar: Miraziz Saidov, Xurshid Ubaydullaev, Doniyor Sobirov, Jasur Abdulbekov, Rustamxon Azimov, Xojimat Erkinov, SHoxjahon Sultonmurodov, Javohir Jo'raev, Xushnudbek Bozorov
Yarim himoyachilar: Mironshox Sattarov, Temur Mamasiddiqov, Jasur Jaloliddinov, Sunnatillo Hamidjonov, Alisher Odilov, Diyor Ramazonov, Bekzod SHamsiev;
Hujumchilar: Igor CHikrizov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev.
Mazkur musobaqa O'zbekiston o'smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionati saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berdi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar