Bugun O'FF yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi
23 dek 2013 12:29
Yangiliklar


Bugun O'FF yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi
23 dekabr, dushanba kuni Zarafshon kinokoncert zalida O'zbekiston Futbol Federaciyasining yil yakunlariga va 2013 yil laureatlarini taqdirlashiga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tadi.
Yil yakunilariga bag'ishlangan marosimda turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilar aniqlanadi. Jumladan yilning eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi murabbiyi bilan bir qatorda, eng yaxshi hakam, O'zbekiston Milliy CHempionati to'purari, eng yaxshi matbuot xizmati, yilning eng foydali o'yinchisi hamda yilning eng yaxshi yosh o'yinchisi kabi nominaciyalarda g'oliblar aniqlanadi va taqdirlanadilar.

Fikrlar