So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Bugun “Nasaf” oliy ligadagi 590–uchrashuvini o'tkazadi Yangiliklar

Bugun “Nasaf” oliy ligadagi 590–uchrashuvini o'tkazadi

Teglar :  Nasaf
Bugun futbol bo'yicha XXVI O'zbekiston chempionatining 2-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Bu turda “Ajdarlar” “Buxoro” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida soat 16:00da boshlanadi.

“Nasaf” bugun  oliy ligadagi 590-o'yinini o'tkazadi. Bo'lib o'tgan o'yinlarda 331 marta g'alaba qo'lga kiritilgan. “Qo'qon-1912” jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda Dragan CHeran jamoamizning oliy ligadagi 1070-golini kiritdi.

Bugungi uchrashuvni Andijondan tashrif buyurgan  hakamlar boshqarishadi. Uchrashuv bosh hakami Timur To'xtasinov.  Unga qanotlarda Ziyodullo Abdurahmonov va  Anvarjon Marajabovlar yordam berishadi. Uchrashuvning zaxira hakami etib Asker Najafaliev tayinlangan. Hakamlar ishini bugun Radik Serazitdinov nazorat qiladi.

Bugungi uchrashuvga bo'lgan qiziqish juda yuqori. O'tgan turda mazkur jamoalar g'alabaga erishgan. “Nasaf” safarda “Qo'qon-1912” jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, buxoroliklar o'z maydonida “Olmaliq” jamoasini kichik 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.

Bugungi uchrashuvga  Buxoro shahridan mingga yaqin muxlislar tashrif buyurishi kutilmoqda. O'ylaymizki, vohamiz muxlislari ham stadionga tashrif buyurish bo'yicha faol bo'lishadi.

Vohamizning barcha futbol ishiqibozlarini "G'uzor" markaziy stadioniga chorlab qolamiz!

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика