Bugun “Nasaf” – “Bunyodkor”, Qarshida ilk jiddiy sinov!
19 may 2014 10:00
Yangiliklar
Bugun “Nasaf” – “Bunyodkor”, Qarshida ilk jiddiy sinov!
2013 yilga kelibgina noxush ananaga barham bergan “Nasaf” shu yilga qadar “Bunyodkor”ni mag'lub eta olmagan edi.
Mazkur jamoalar O'zbekiston oliy ligasida jami 14 marotaba o'zaro kuch sinashganlar. Ilk to'qnashuv 16 iyun kuni Toshkentda bo'lib o'tgan, o'shanda “Quruvchi” nomi bilan oliy ligada debyutini o'tkazgan “Bunyodkor” 3:0 hisobida zafar quchgan. “Nasaf” esa 2013 yilga kelibgina poytaxtliklarni mag'lub eta oldi. Endi bu tarix va statistikadan boshqa narsa emas.
Bu o'yinlar “Bunyodkor”ning uyg'onish va gullagan davriga to'g'ri keladi. Bugunga kelib barchasi o'zgardi. Oliy ligamizda “Paxtakor”, “Nasaf”, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” jamoalari hozirda deyarli bir xil kuchga egalar. SHu boisdan ham mazkur jamoalar o'rtasidagi aksar uchrashuvlar durang bilan nihoyasiga etyapti.
O'z navbatida “Nasaf” uchun bu o'yin jiddiy sinov. To'g'ri, chempionat endi boshlandi, ammo medallar yo'lida asosiy raqiblar o'rtasidagi o'yin katta ahamiyat kasb etadi. Qolaversa bu o'yin ilk marotaba MTJdan chaqiruv olgan SHuhrat Muhamadiev uchun alohida o'rin tutadi. Ammo SHuhratga hayajonlanmasdan, o'z o'yinini namoyish etishini so'raymiz.
Bu o'yin qashqadaryolik muxlislar uchun o'z maydonlaridagi ilk jiddiy bellashuv. Aytishingiz mumkin, “Metallurg” bilan o'yinda ochko yo'qotildi. Ammo 8 turga qadar medallar uchun kurashayotgan jamoalar hali Qarshiga kelmagan edi.
Ko'ramiz bugun kim g'alaba qozonadi. Balki o'yin durang bilan yakunlanar. Ammo avvalgi chempionatlardan farqli ravishda oliy liga-2014da favoritlarni durang qanoatlantirmaydi, chunki ulardan tashqari yana ikki jamoa chempionlik uchun kurash olib boryapti.
Kim kuchli, tajribali Gevorkyanmi yoki o'yini turdan-turga ochilib borayotgan Rashidov? Darvozalarda esa terma jamoamizning kelajaklari, To'raev va Suyunov. Maqsud Karimov yoki Xayrulla Karimov? De Mateo deya talqin qilingan Volkov oldida oliy ligadagi dastlabki jiddiy sinov. Uning qarshisida oliy liganing amaldagi eng yaxshi murabbiyi Ro'ziqul Berdiev.
Jamoa sifatida kim kuchli degan savolni bermaymiz, o'yinga kim tayyor? “Nasaf” bu o'yinni anchadan beri kutadi. Qolaversa o'z maydonidagi so'nggi o'yindagi natijadan muxlislar qoniqish hosil qilmaganlar. Qizig'i shundaki, 6-turda ikki jamoa ham muhim ikki ochkoni boy bergan edilar. Yana bir o'xshashlik, bu ikki jamoa shu kungacha “Lokomotiv” bilan o'ynab bo'ldilar, ikkisida ham durang. SHuning uchun ham bugungi TUR o'yinida kim tayyor bo'lsa o'sha g'alaba qozonadi. Yuqorida aytib o'tganimdek, endi jamoalar durang uchun o'ynamaydilar, turnir jadvalining tepasida “Paxtakor” va “Lokomotiv” bor. Qolaversa muxlislar ham yopiq o'yindan zerikdilar. Bizga futbol kerak, gollar kerak, shou kerak, dahshatli tarifga til ojiz bo'lgan gollar kerak.
Menimcha bugun Qarshida mana shunday o'yin bo'ladi. Buning uchun, bir emas, ikki emas, naqt uch kishi, Siz mazkur maqolani o'qiyotgan paytingiz Qarshi tomon yo'l olyapmiz. Mendan ajoyib suratlar, SHahbozdan matnli translyaciya, Xayrulla Xoliqovdan o'yindan keyingi fikrlar. Bugun “CA”dan uzoqlashmang.
Yodimdan chiqay debdi, bugun “Nasaf” matbuot kotibi Aziz Nuriyning tug'ilgan kuni, saytimiz ijodkorlari nomidan muborakbod etamiz!
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar