So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Bugun Lyuksemburg g'alaba qozonsa Franciya JCH-2018ga chiqishi mumkin Yangiliklar

Bugun Lyuksemburg g'alaba qozonsa Franciya JCH-2018ga chiqishi mumkin

Bugun Evropa va Janubiy Amerika qitasida 2018 yilgi Jahon chempionati uchun saralash bahslari davom ettiriladi.

Ayni paytga qadar Rossiyada o'tadigan mundialda ishtirok etuvchi 11ta jamoaning nomi malum: Rossiya (mezbon), Braziliya, Eron, Yaponiya, Meksika, Belgiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Germaniya, Angliya va Ispaniya.

Bugun tunda Evropa, Afrika va SHimoliy Amerika qitasida o'tadigan saralash bahslaridan so'ng yana 5ta jamoa yuqoridagi ro'yxatdan joy olishi mumkin.

FRANCIYA

Francuzlar bugun safarda Bolgariyani mag'lub etishsa va SHveciya o'z maydonida sensacion tarzda Lyuksemburgga yutqazib qo'ysa Desham jamoasi mundial yo'llanmasiga ega chiqishadi.

Evropa. "A" guruhi
SHveciya – Lyuksemburg. 21.00
Belarus – Gollandiya. 23.45
Bolgariya – Franciya. 23.45



SHVEYCARIYA

"B" guruhida SHveycariya terma jamoasi Portugaliyani 3 ochkoga ortda qoldirmoqda. Bugun ushbu jamoa o'z uyida Vengriyani mag'lub etsa hamda Portugaliya Andorra bilan bahsda ochko yo'qotsa yo'llanma taqdirini hal qiladi. Agar Portugaliya Andorraga yutqazsa SHveycariyaga durang ham etarli bo'ladi.

Evropa. "B" guruhi
SHveycariya – Vengriya. 23.45
Andorra – Portugaliya. 23.45  



TUNIS

Tunis terma jamoasi quyidagi holatlarda bugun JCH-2018 yo'llanmasiga ega bo'ladi:

- Gviniyani mag'lub etsa va DR Kongo esa Liviya bilan o'yinda ochko yo'qotsa

- Gvineya bilan durang o'ynasa va DR Kongo Liviyaga yutqazib qo'ysa


Afrika. "A" guruhi
Gvineya – Tunis. 22.00
Liviya – DR Kongo. 22.00



NIGERIYA

Bu guruhda barchasi juda oddiy: Nigeriya o'z maydonida Zambiyani mag'lub etsa yo'llanmaga chiqadi.

Afrika. "B" guruhi
Kamerun – Jazoir. 21.00
Nigeriya – Zambiya. 21.00



KOSTA-RIKA

Aslida Kosta-Rika kechaning o'zida mundial chiptasiga ega chiqishi mumkin edi. Buning uchun AQSH va Panama uchrashuvida durang qayd etilishi kerak edi. Bu o'yinda AQSH 4:0 hisobida zafar quchdi. Endi bugun Kosta-Rika shunchaki o'z muxlislari qarshisida Gondurasni taslim qilsa keyingi yil yozda Rossiya maydonlarida o'ynashi aniq bo'ladi.

KONKAKAF
Kosta-Rika – Gonduras. 03.00


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика