Bugun Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni JCH-2022ga yo'llanma olishi mumkin
01 fev 2022 12:11
Yangiliklar
Bugun Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni JCH-2022ga yo'llanma olishi mumkin
"A" guruhidagi dastlabki o'yin Livan hamda Iroq o'rtasida kechadi. Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadigan bahsda yutqazgan tomon guruhda uchinchi bo'lishdan umidini uzaversa bo'ladi. Suriya - Janubiy Koreya uchrashuvi Dubay shahrida bo'lib o'tadi. Bu bahs soat 19:00ga belgilangan. O'tgan tur Qatardagi mundial chiptasini rasmiylashtirib bo'lgan Eron bugun Tehronda BAAni qabul qiladi.
Bugun Janubiy Koreya g'alaba qozonsa muddatdan avval Jahon chempionatiga chiqadi.
"A" guruhi
17:00 - Livan - Iroq
19:00 - Suriya - Janubiy Koreya
19:30 - Eron - BAA

Toshkent vaqti bilan soat 15:10da Yaponiya - Saudiya Arabistoni uchrashuvi boshlanadi. Guruh autsayderlari Vetnam va Xitoy o'rtasidagi bahs soat 17:00da boshlanadi. Ushbu guruhdan o'rin olgan bugungi so'nggi bahs soat 21:00da start oladi. Maskat shahrida Ummon Avstraliyani qabul qiladi.
Saudiya Arabistoni Yaponiyani mag'lub etsa, JCH-2022 yo'llanmasini qo'lga kiritadi.
"B" guruhi
15:10 - Yaponiya - Saudiya Arabistoni
17:00 - Vetnam - Xitoy
21:00 - Ummon - Avstraliya

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar