So’nggi yangiliklar

07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  7 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  6 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  4 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  34 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  20 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  1 22:01УЕФА Исроилни четлатишга тайёр, аммо...  12 21:02Суперлига. Сергеевнинг ягона голи "Пахтакор"га "Сурхон" устидан қийин ғалабани келтирди  64 20:43Элит ОЧЛ. "Насаф" ўз майдонидаги жанговар ўйинда "Ал Ҳилол"га ютқазди  308 20:10Суперлига. "Динамо" ўз уйида "Шўртан"дан устун келди  12 19:50Моуринью ЕЧЛнинг янги формати ҳақида: "Ўзингиз рўбарў келмайдиган жамоаларга ўрнингизни бўшатиб бериш ғалати"  5

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 4-tur bahslari davom ettiriladi.

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi o'z maydonida amaldagi chempion "Paxtakor"ni qabul qiladi. Dastlabki uchta turdan so'ng 9 ochko to'plagan "Paxtakor" turnir jadvalida birinchi o'rinda boryapti. "So'g'diyona" esa atigi 1 ochko jamg'argan holda 12-pog'onani egallab turibdi.

Joriy mavsumni safarda "Mashal"ga qarshi bahs bilan boshlagan jizzaxliklar kutilmaganda 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi. Kutilmaganda deyishimiz boisi "So'g'diyona" o'tgan yil 4-o'rinni qo'lga kiritgandi, "Mashal" esa bu yil Superligaga qaytdi. Ulug'bek Baqoev shogirdlari shundan so'ng uyda AGMKni qabul qilib 1:1 o'ynashdi. Bu bahsda maydon egalari bir kishi kam qolgan raqibni mag'lub eta olishmadi.

"So'g'diyona" 3-turni yana safarda o'tkazdi va "Qo'qon-1912" maydonida 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. SHunday qilib dastlabki 3 turda Baqoev shogirdlari hali g'alaba qozongani yo'q. 

"Paxtakor" uchun bu birinchi safar o'yini bo'ladi. CHunki jamoa bungacha ketma-ket uchta turni o'z maydonida o'tkazib uchalasini ham g'alaba bilan tamomlagan. "SHerlar" ilk turda "Navbahor"ni 2:1, undan keyin "Buxoro"ni 3:0 va oxirgi turda "Metallurg"ni 4:1 hisobida mag'lub etishdi.

Bugungi uchrashuv oldidan "Paxtakor"ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Lekin har ikki jamoa ikki yarim oylik karantindan yaqinda chiqqanini va deyarli bir xil holatda ekanligini unutmaylik. 

Bugun "So'g'diyona" mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritishga urinib ko'radi. "Paxtakor" esa g'olibona yurishini davom ettirishga harakat qiladi. 

P/S. Soat 18:00da boshlanadigan o'yinni "Sport" telekanali orqali to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика