Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Navbahor"

Xayrulla Xoliqov
11 apr 2018, 14:39
Bugun Superliganing 6-turidan o'rin olgan uchta uchrashuv o'tkaziladi. "So'g'diyona" o'z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi.

Mavsum boshidan beri g'alaba qozona olmayotgan "So'g'diyona"da o'tgan turdan keyin bosh murabbiy o'zgardi. Aleksandr Mochinov iste'fo berib, uning o'rniga Sergey Lushan yangi bosh murabbiy etib tayinlandi. Bugun Lushan "So'g'diyona" ustozi sifatida o'z debyutini o'tkazadi.

Bilasizmi? "So'g'diyona" Superligada hali g'alabaga erishmagan ikkita jamoadan biri bo'lib turibdi. Jamoaning to'plar nisbati ham birmuncha xunuk ko'rinishda 1-10. Bugun Sergey Lushan vaziyatni o'zgartirishga harakat qilib ko'radi. Ammo bu oson bo'lmaydi, negaki "Navbahor" hozir ancha yaxshi o'yin ko'rsatmoqda.

"Navbahor" ham o'yin, ham tarkib borasida raqibdan ustun. Qolaversa, "Navbahor"ning legionerlari kuchli, "So'g'diyona"da esa xorijlik o'yinchi yo'q.

Fakt: "Navbahor" oxirgi ikki turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa safarda "Qo'qon-1912" ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, o'z maydonida "Nasaf" bilan durang o'ynadi.

Fakt: "So'g'diyona" oxirgi uch uchrashuvni qatorasiga mag'lubiyat bilan yakunladi hamda o'z darvozasidan 8ta gol o'tkazib yubordi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia