Bugun futbol. "Persepolis"dan "kambek" ko'ramizmi?

Xayrulla Xoliqov
10 noya 2018, 09:34
Bugun Osiyo chempionlar ligasining final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Tehrondagi mashhur "Ozodi" stadionida "Persepolis" Yaponiyaning "Kashima Antlers" klubini qabul qiladi. Xabaringiz bor, Kashima shahrida kechgan birinchi o'yinda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishgan, o'shanda Leo Silva va Serjinoning gollari yaponiyaliklarga g'alaba keltirgandi.

Mana endi javob bahsi oldidan "Persepolis" birmuncha qiyin vaziyatda qolgan. Chunki jamoaga 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni o'nglash oson bo'lmaydi. Albatta, bugungi o'yinda "Persepolis"ning eng katta yutug'i 12-o'yinchi, yani muxlislari bo'ladi. "Ozodi" stadioni muxlislar bilan to'lib toshishi kutilyapti. Agar mezbonlar tezkor gol kiritishni uddalay olishsa, qolgan daqiqalarda g'alabaga umid qilishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, bugungi bahs Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia