So’nggi yangiliklar

17:19Зинченконинг кейинги клуби маълум  0 16:57Моуринью "Реал"га қайтиши ҳақидаги гап-сўзларга муносабат билдирди  2 16:30Юзи қонга беланган ва агентидан нолиган "Динамо"нинг уругвайлик футболчиси билан танишамиз  1 16:08Расман: Бектемир Абдуманнонов — "Динамо" футболчиси  2 15:52Расман: "Сурхон" U-17 ЖЧ иштирокчиси билан шартнома тузди  4 15:30Акмал Рустамов "Қизилқум"ни бошқаришда давом этади  1 15:12"Андижон" раҳбариятида ўзгариш рўй берди  1 14:45Аброр Пирриев: "Нефтчи" нопрофессионал йўлни танлади"  10 14:37Арбелоа Пересни ҳимоя қилди: "Ҳуштак чалаётганлар мухлислар эмас, "Реал"нинг душманлари"  8 14:09Гвардиоланинг келажаги сўроқ остида: "Манчестер Сити" Б режани тайёрламоқда  5 13:41Флик тер Штегеннинг келажаги ҳақида: "Барселона" сардори кейинги қадамни ўзи белгилайди"  2 13:13Кэррик: "Кобби Майну — фантастик футболчи"  4 12:45Эшитдик-да! "Хоразм" Бразилия, Франция ва Нигериядан легионерлар жалб қилди  11 12:26Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  62 12:19"Ювентус" юлдуз футболчининг трансфери бўйича музокараларни тўхтатди  1

G'alabasiz mavsum Yangiliklar

G'alabasiz mavsum

"Nasaf" va "Andijon" bu yil xalqaro mavsumni g'alabasiz yakunladi.

Yangicha formatda tashkil qilingan Elit Osiyo Chempionlar Ligasidagi ilk ishtirok "Nasaf" uchun o'ta muvaffaqiyatsiz chiqdi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari 6 ta o'yin o'tkazib, barchasida mag'lubiyatga uchrashdi. "Nasaf" navbati bilan "Al Ahli", "Al Hilol", "Shabab Al Ahli", "Al Vahda", "Traktor" va "Al Ittihod" klublariga imkoniyatni boy berdi.

Jamoa oltita o'yinda faqat 6ta gol urib, o'z darvozasidan 15 ta to'p o'tkazib yubordi. Elit OCHLda "Nasaf"ga o'xshab g'alaba qozonmagan yana bir jamoa bor: Iroqning"Al Shorta" klubi. Faqat iroqliklar bir marta durang o'ynagan. Albatta, o'tgan yilgi O'zbekiston chempionidan bunday ishtirokni hech kim kutmagandi. "Nasaf" hech bo'lmasa BAA, Eron klublaridan ochko olsa kerak degan taxminda edik, biroq amalda bunday bo'lmadi.

"Nasaf" ortidan "Andijon" ham xalqaro turnir bilan xayrlashdi. O'zbekiston Kubogining o'tgan yilgi sohibi OCHL 2 musobaqasida o'z tarixida birinchi bor qatnashib, 5 durang va bir mag'lubiyat qayd etdi. Shunday bo'ldiki, andjonliklar ketma-ket beshta bahsda durang o'ynashdi. Agar jamoa oxirgi tur Qatardan ijobiy natija bilan qaytganida keyingi bosqichga chiqqan bo'lardi, lekin 0:2 hisobidagi mag'lubiyat "Anjidijon"ning guruhda oxirgi bo'lishiga sabab bo'ldi.

Elit Osiyo chempionlar ligasining hozirgi bosqichi tugashiga yana ikkita tur qoldi. Fevral oyida bo'lib o'tadigan o'yinlar "Nasaf" uchun hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Qarshiliklar 9 fevral kuni uyda Iroqning "Al Shorta" klubini qabul qilishadi va 16 fevral kuni safarda "Sharja" mehmoni bo'lishadi. Hozirgi paytga kelib Elit OCHLda keyingi bosqichga chiqqan 4 ta klub nomi malum: "Al Hilol", "Traktor", "Al Ahli" va "Al Vahda".

OFK rasmiy sayti Elit OCHL final bosqichi bu safar ham Saudiya Arabistonida bo'lib o'tishini malum qildi. Jidda shahridagi ikkita stadion (King Abdullah Sports City Stadium, Prince Abdullah Al Faisal Sports City Stadium) kelasi yilning 16-25 aprel oralig'ida final bosqich o'yinlariga mezbonlik qiladi. Har ikkala o'yingohda navbati bilan Elit OCHL chorak final va yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi. Musobaqaning hal qiluvchi final o'yini esa King Abdullah Sports City Stadiumda bo'lib o'tadi.

Osiyo chempionlar Ligasi 2da guruh uchrashuvlari o'z yakuniga etib, keyingi bosqichga chiqqan omadli jamoalar malum bo'ldi. Shunday qilib G'arb mintaqasida 8 ta klub keyingi bosqichga yo'l oldi: "Al Vasl" (BAA), "Istiqlol" (Eron), "Al Ahli" (Qatar), "Arkadag'" (Turkmaniston), "Al Husseyn" (Iordaniya), "Sepaxan" (Eron), "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) va "Al Zavra" (Iroq).

Saudiyaning "Al Nassr" klubi barcha 6 ta o'yinda g'alaba qozongan yagona jamoa bo'ldi. Saudiyaliklar joy olgan guruhdagi "Istiqlol" (Tojikiston) 9 ochko to'plab ham guruhdan chiqa olmadi. Markaziy Osiyodan faqat Turkmaniston klubi "Arkadag'" guruhdan chiqishni eplay oldi. Fevral oyida uy-mehmon tarzidagi 1/8 final o'yinlari bo'lib o'tadi.

"Nasaf"ning Elit OCHLdagi ishtiroki qo'rqinchli tushga o'xshadi. Yoningizdagi narsa ushlay olmaysiz-u, shunga o'xshab ko'rindi. Hartugul "Nasaf" durangga yaqin kelgan o'yinlar ham bo'ldi, faqat jamoa durangni ushlay olmadi. "Nima eksang, shuni o'rasan" degan gap bejiz aytilmaganidek, "Nasaf" harakat qilgani bilan keyingi bosqichga chiqish imkoniyati nihoyatda past edi.

"Andijon"ning OCHL 2dagi ishtiroki bamisoli sug'ur kunini eslatib yubordi. Har tur bir xil narsa takrorlanaverdi. Yo'qsa qatorasiga to'rtta 0:0 ni qanday tushunish mumkin. Har gal durangdan keyin avvalgi murabbiy Maksim Shackix gol urmayapmiz, lekin o'tkazmayapmiz deyaverdi. Murabbiyni jamoa 4 ta o'yinda gol urmagani xavotirga solmadi, balki gol qo'yib yubormagani xotirjam qildi. Lekin futbolda golsiz maqsadga erishib bo'lmaydi. Oxirgi turdagi mag'lubiyat esa jamoa tezroq mavsumni tugatib, tatilga chiqishni xohlab qolganini ko'rsatdi.

Nailoj har ikki klubimiz xalqaro maydonlarda yomon mavsumni o'tkazdi. Va eng alamlisi, birorta g'alaba qo'lga kiritilmagani bo'ldi. Endi keyingi mavsum O'zbekiston chempioni "Neftchi" va Kubok sohibi "Paxtakor" Osiyoda o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Kelasi yil ijobiy natija bo'ladi degan umiddamiz. 


Xayrulla Xoliqov

Reyting: -11   

Fikrlar

+2   
25 dek 16:38:35
Шухрат Эргашев
leva8989 foydalanuvchining fikriga javob berish
ikkalasi ham guruhdan chiqishiga ishonaman
Чиксин албатта.
+2   
25 dek 16:13:00
leva8989
Ikkovi ham ahmoqona transferlar bilan masulyatsiz ishtirok etishdi.Agar bu mavsum kubokni Buxoro yutganda bilmadim AFK bizga kvota bermay qo'yarmidi...Xullas Neftchi va Paxtakor yaxshilab o'ylab xulosa qilib,munosib ishtirok etadi degan umiddamiz
+2   
25 dek 15:23:15
JOKER 10
Футбол бўйича халқаро майдонда йиғаётган обрўйимизга минусга ишлади НАСафни иштироки. Хархолда олдинги йилларда қатнашган жамоаларимиз жа ёрвормаса хам даражасидан баланд қатнашарди Пахтакор, Бунёдкор, Локоматив, Навбахор хеч бўлмаса очко олишарди.
+1   
25 dek 19:00:18
sssrni sarqiti
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Савияси пас турнир ОФК кубогида НАСаф ўйнаган. ОЧЛ 2 умуман бошқа даражадаги турнир!
Aqling yetsa yetmasa tortishib hammani zaypal qiladigan eng mijgov va Nasafni eng katta dushmani baxtixor sen bo'lsang kerek. Nasaf yutgan kubok saviyasi sen uchun past bo'lib qoldimi? Yutib ko'rsat. Muharraq o'z maydonida yutganida nimalar demading. Sen bilan tortishishni foydasi yuq. Chunki Mark Tven aytgan edi: axmoqlar bilan tortishma, ular seni o'zini darajasiga optushib tajribasi bilan yengib qo'yadi. Sen ham shunaqalardansan
+1   
25 dek 18:29:42
Бахтиёр Ашуров
sssrni sarqiti foydalanuvchining fikriga javob berish
Unda keyingi yili siz aytgan gapning isbotini kutamiz. Qani sizning jamoangiz pAXTAkor Nasafni shu turnirdagi natijasini takrorlarmikan, hech bo'lmasa finalga chiqolarmikan. "Saviyasi past" turnirni yutib isbotlab ko'rsatarsizlar, keyin biz qoyil qolaylik
Савияси пас турнир ОФК кубогида НАСаф ўйнаган. ОЧЛ 2 умуман бошқа даражадаги турнир!
+1   
25 dek 16:15:00
leva8989
Шухрат Эргашев foydalanuvchining fikriga javob berish
Кейинги йил халкаро мусобакаларда катнашадиган клубларимизга омад. Пахтакор ва Нефтчи Насаф ва Андижон натижаларидан тугри хулоса чикариб, таркибни максимал кучайтириб мусобакага катнашиши керак. Биз Насафдан Эрон ва БАА клубларидан очок олади деб уйлагандик, куриб турибсизки ЭЛИТ лига турнир жадвалида иккала юрт вакиллари юкори уринларда турибди. Шунинг учун Нефтчи ва Пахтакор камида 1 ёки 2 тадана кучли бешлик чемпионат "хавосини" олган уйинчиларни жалб килиши керак.
ikkalasi ham guruhdan chiqishiga ishonaman
+1   
25 dek 15:11:36
JUVE & LIV
Тўғрисини айтасм ман билгандим насап шарманда бўлишини сабаби аввалги йили ОЧЛ 2 да ўртамиёна жамоалар билан хам бирнимани қойил қилмаганди. Осиёда шарманда қилди булар. Балларимизни тушишига хизмат қилди
+1   
25 dek 15:10:42
Шухрат Эргашев
Кейинги йил халкаро мусобакаларда катнашадиган клубларимизга омад. Пахтакор ва Нефтчи Насаф ва Андижон натижаларидан тугри хулоса чикариб, таркибни максимал кучайтириб мусобакага катнашиши керак. Биз Насафдан Эрон ва БАА клубларидан очок олади деб уйлагандик, куриб турибсизки ЭЛИТ лига турнир жадвалида иккала юрт вакиллари юкори уринларда турибди. Шунинг учун Нефтчи ва Пахтакор камида 1 ёки 2 тадана кучли бешлик чемпионат "хавосини" олган уйинчиларни жалб килиши керак.
+1   
25 dek 14:59:52
JUVE & LIV
ПОЗОР ПОЗОР ПОЗОР ШАРМАНДА ҚИЛДИ БУЛАР
+1   
25 dek 14:25:28
Soccerland777
Yomonam sharmanda qildi ikkalasiyam
   
27 dek 00:24:19
Shamsiddin Matnazarow
ARKODAG ARKODAG DEP ITDEY URGANLA KAYERGA YOK BOLDI YOKSA ARKODAGNI ITI BARCANIZNI ITA*** UYUGA YUBARDIMI
   
26 dek 22:01:19
Akbar Umarov
Vohalardan hamda Vodiylardan bolgan koplab ichi qop-qora aslida Futbolni F xarfniyam umuman tushunmaydigan Insonlar otgan yillar davomida Toshkent PFC klublarini natijalarini kamsitib keldilar. Klublar turnirida real tan olish kerak Arab klublari bilan tengma-teng raqobat qilish amri mahol. Faqat Paxtakor PFC Futbolchilarigina klass tomonlama buni qisman bolsada uddalay olishlarini otgan mavsumda toliq isbotlagan edilar. Arablarda real tan olish kerak Legionerlar saviyasi umuman daxshat darajada kuchli. Birgina qariya bolsaham Yulian Draksler xamda Karim Benzemakarni hozirgi savisasiham umuman daxshat darajada.
   
26 dek 20:50:25
Акрамжон Халилов
Бизни клубларимизни номлари ҳам жуда ажойиб, ўз юртимизда аждарлар, шерлар, бургутлар ва бошқалар...
Халқаро майдонда эса калтакесак, мушукча ва чумчуқчаларга айланиб қолишади.
   
26 dek 17:27:46
Muxlis
Насаф қон алмаштириши керак. Мураббийлар штаби бошқа давлатларни кўриб келиши керак. Насафни ўзига хориждан яхши мураббий олиб келиш керак. Насафнинг академияси Республикада энг кучли академия. Ўриндош талантли ўйинчилар кўп. Насафнинг эга ташкилоти молиявий бақувват ҳисобланади. Фақат раҳбарияти бунга қизиқиш билдирса яхши бўларди.
   
25 dek 19:18:24
Бахтиёр Ашуров
sssrni sarqiti foydalanuvchining fikriga javob berish
Aqling yetsa yetmasa tortishib hammani zaypal qiladigan eng mijgov va Nasafni eng katta dushmani baxtixor sen bo'lsang kerek. Nasaf yutgan kubok saviyasi sen uchun past bo'lib qoldimi? Yutib ko'rsat. Muharraq o'z maydonida yutganida nimalar demading. Sen bilan tortishishni foydasi yuq. Chunki Mark Tven aytgan edi: axmoqlar bilan tortishma, ular seni o'zini darajasiga optushib tajribasi bilan yengib qo'yadi. Sen ham shunaqalardansan
Эй неандерталь нималар - деябсан ўзингча? Ўзингни ақиллий қилиб кўрсатишга кўп ҳам, уринмагин. Азалдан ақлиноқс эдинг. Шу ақлиноқслигингча қолибсан!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика