So’nggi yangiliklar

08:55Пеп Гвардиола дунёда исталган футболчини шуғуллантириш имкони бўлса, кимни танлашини айтди  0 08:27Эрондан қайтган бир қатор футболчиларимиз миллий терма жамоаси мураббийлари назоратида машғулот олиб бормоқда  0 07:58ЎзПФЛ. Бухоро ва Ғузордаги стадионда муаммолар мавжуд  6 07:30Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз Бангладешга қарши баҳс олиб боради  1 03:30Минус 10 очко: Хитой чемпионатида 13 та клуб жазоланди  4 02:45А Серия. Милан дербисида "Милан" "Интер"ни мағлуб этди  20 00:53"Реал" "Ливерпуль” юлдузини кузатишда давом этмоқда  1 23:55А Серия. "Рома" меҳмонда "Женоа"га мағлуб бўлди  2 23:42ПСЖ ўйинларига қалбаки чипталар тайёрлаб сотганликда гумон қилинган шахс қўлга олинди  0 23:23Фоден "Барселона"га ўтиши мумкин  4 22:55Испаниялик юлдузнинг тренажёр залига кириши тақиқланди  0 22:33"Реал" Родрини ўз сафига қўшиб олмоқчи эмас. "Сити" хавбеки мадридликларнинг режасида йўқ  1 21:48Германияда мухлислар ВАРни токдан узиб қўйгани учун ҳакам баҳсли вазиятни монитордан кўра олмади  1 20:45Эрон аёллар терма жамоаси футболчилари хоинга чиқарилди, улар қатл этилиши мумкин  25 20:28Туркманистон кубогида ярим финалчилар аниқланди  7

OKMK vs "Bunyodkor". Qaysi jamoa kuchli? Yangiliklar

OKMK vs "Bunyodkor". Qaysi jamoa kuchli?

Bu ikki jamoa 2025 yil turnir jadvalida bir-biriga yonma-yon qo'shni bo'lib mavsumni yakunlagandi.

Endilikda mavsumning birinchi turidayoq to'qnash kelishadi. "Bunyodkor" 2 yillik sho'ng'ishdan so'ng yana yuqoriga chiqqan bo'lsa, OKMK sovrindorlar qatoriga kira olmadi. Yangi chempionat arafasida bu jamoalar yo'lga chiqishmoqda. Qaysi birida darvoza, yana qaysi birida boshqa poziciyalar kuchaydi, murabbiylar shtabiga yangilar qo'shildi. Shu haqida batafsil. 

Murabbiy: startdayoq ular to'qnashadi

O'tgan yili "Bunyodkor" qolgan jamoalar fonida taqqoslaganda yomon natija ko'rsatmadi va bunda Zeytullaev imzosi o'z so'zini aytdi. Jamoa o'yin sifati tomonlama raqiblaridan qolishgani yo'q.  "Bunyodkor" nihoyat avvalgi xatolardan saboq chiqardi, jamoa o'tgan mavsumni bitta murabbiy qo'l ostida o'tkazdi. Bunday holat oxirgi bor 2021 yil bo'lgan (Shuhrat Maqsudov). Keying 3 yilda bir mavsumda kamida 2 nafar murabbiy ishlagandi. Futbolchilar va murabbiy o'zaro yaxshi til topishdi. Bu yil Zeytullaev shtabiga italiyalik darvozabonlar murabbiyi, tahlilchi, himoyachilar bilan ishlashga Aleksey Nikolaev qo'shildi va yaxlit jamoaga aylandi. Bu yil ushbu murabbiy qo'l ostida o'tgan yilgidanda yaxshiroq o'yin ko'rsak ajablanmaymiz.

Qosimov va OKMK yildan-yilga jamoani yoshartirish bosiqichiga o'tmoqda. Qishda G'iyosov, Rustamov, Ahmadaliev, Komilov, Sanches, To'xtaxo'jaev kabi nomlar bilan xayrlashildi. Endilikda yangi mavsum Qosimovni yana bir bor sinovdan o'tkazadi. Lekin Qo'shoqovich jamoalari tarkib qanday bo'lmasin doim yuqoriga intilgan, o'rtamiyona bo'lishni yoqtirmagan. Hatto o'sha 2018 yil puli yo'q, yopilish arafasidagi "Bunyodkor" ham kuchli uchlikka kirishga yaqin kelgani yodimizda. Superliga 1-turida ular to'qnash kelishadi va qaysidir manoda bizga dastlabki xulosalarni taqdim qiladi. 

Darvoza: ustunlik OKMKda

"Bunyodkor"da avvalgi mavsumlarda darvozabonlar borasida barqarorlik ko'rmadik. Jamoa kiperlari Abdumavlon Abdujalilov, Hamidullo Abdunabiev, Valijon Rahimov bir tekis o'yin ko'rsatdi deb bo'lmaydi. Abdunabiev ikkinchi davrada OKMKga yo'l oldi. Klub qishki transferlar oynasida bu muammoni hal qilish uchun italiyalik posbon Federiko Bottini taklif qildi. Lekin u deyarli 2 yildan beri amaliyotsip yurgan, oxirgi marta 2023 yil 25 noyabrda o'ynagan. Undan keyin 2 ta jamoa almashtirib, umuman maydonga tushmagan. Bottidan tashqari yosh darvozabon Muhammadyusuf Sobirov "So'g'diyona"dan ortga qaytdi. Abdumavlon Abdujalilov ham bor. Fikrimcha, asosiy kiper rolida Abdujalilovni ko'ramiz, Muhammadyusuf unga raqobat tug'dirishi kutilmoqda. Yakuniy fikrim, Zeytullaev baribir mavsum davomida barcha darvozabonlarga imkoniyat berib boradi. 

Xuddi shunday muammo OKMKni ham qiynayotgandi. Olmaliqliklar 2025 yilgi selekciyada bu poziciyada kuchli raqobatni hosil qila olmadi va o'zi qiynaldi. Qishki transferlar vaqtida Umidjon Ergashev va darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov qo'shib olindi. Endilikda jamoada 3 nafar teng posbonlar bor: Javohir Ilyosov, Umidjon Ergashev, Hamidullo Abdunabiev. Mana endi yangi mavsumda bu uchlik o'rtasida haqiqiy raqobat va kurashni ko'ramiz. Fikrimcha, raqobat va tajriba nuqtai nazaridan ustunlik OKMKda.

Himoya: "Bunyodkor" mudofaasini kuchaytirdi

"Bunyodkor" o'zida bor himoya vakillarini saqlab qolgan holda ular yoniga yana bir nechta mudofaachilarni jalb qildi. "Qaldirg'ochlar" orqa chizig'ida joriy mavsumda Dilshod Ahmadaliiev, Najmiddin Normurodov, Bobur Yo'ldoshev, Marko Bugarin, Sardor Rahmonov, Itsuki Urata  harakat qiladi. Taktik chizmalardan kelib chiqib Muzaffar Olimjonov, Najmiddin Normurodov ham qanotlarda yordam bera oladi. Jamoa ustozida bu borada tanlov imkoniyati kengroq. 

OKMKda ushbu chiziq avvalgi yillarga nisbatan yoshardi. Endilikda bu nuqtada asosiy figura Avazbek O'lmasaliev. Uning yonida Shaxzod Toirov, Abror Karimov, Asror Otaxonov bor. Papava ham orqaga qaytib o'ynay oladi. Qanotlarda Saidafzalxon Ahrorov, avvalgi yillarda imkoniyat olmagan Begimov mana endi o'zini ko'rsatishi kerak. Tabiiyki, bu futbolchilarni tark etganlar bilan solishtirish qiyin. "Bunyodkor" OKMKdan farqli mudofaani transferlar oynasida mustahkamlab olishga erishdi.

Yarim himoya: tarozi pallasi teng kelganda

Mana endi yarim himoyaga etib keldik. Ikki jamoa ham pozicion o'yin va to'p bilan ko'proq muomalani yaxshi ko'radi. Bunda tabiyiki yarim himoyachilar ham katta sahnaga chiqadi. O'yin qurishdagi muhim figura bo'lib xizmat qiladi. Etakchiga aylangan Rustamov va G'iyosovning ketishi jamoani kuchsizlantirishi mumkin. Ammo Qosimovda mazkur nuqtalarda foydalanadigan o'yinchilar kam emas: Giorgi Papava, Mirjamol Qosimov, Nodir Abdurazzoqov, Arixiro Sentoku, Hazrat Tursunqulov, Asad Sobirjonov, Naoaki Senaga. Agarda bular safiga Antaliyada yig'inda bo'lib turgan Haqnazariy qo'shilsa yarim himoyada etakchilar ko'payadi.

"Bunyodkor" Ashortia va Shroler bilan xayrlashdi, lekin ular o'rnini munosib to'ldirishga harakat qildi. Klub Superliga havosini olib bo'lgan Pletnyov, legioner sifatida bir necha yiillar o'ynab qaytgan Shahboz Umarov, "Neftchi"dan Bilolxon Toshmirzaevni jalb etdi. O'tgan yil kashfiyoti Nosir Abdusalomov malum bir manoda o'sishga erishdi, To'raqulov ham Zeytullaev qo'lida sifatlarini yaxshiladi. 2007 yil lekin allaqachon katta futbolchiga aylanib ulgurgan Azizbek To'lqinbekov tayyor holatga kelsa, yarim himoyani to'ldirishga qodir. OKMKda ko'proq tayyor maxsulot desak, "Bunyodkor"da etilayotgan o'yinchilar joylashgan. Aslida ularni yosh ham deyish xato. Shu bois tarozi pallasida tenglikni ko'ryapmiz.

Hujum: Sof forvardlar muammosi

Nafaqat bu balki ko'plab jamoalarda sof forvard masalasi kun  tartibida turibdi. Hujumkor o'ynaydigan, to'pni erda ko'p nazorat qiladigan jamoalarga vaziyatlarni urib turadigan hujumchiga albatta extiyoj seziladi. "Bunyodkor" Temurxo'ja Abduxoliqov bilan xayrlashgach Krivokapich va Mavlonqulovga ishonch bildirmoqda. OKMKda Ali Abdurahmonov bor faqat barqarorlikni ushlab olishi lozim, yig'inda serbiyalik hujumchi Urosh Koyich ham qatnashmoqda. Bundan tashqari jamoa o'yinida qanot futbolchilari ham jarima maydonchasi ichiga kirib vaziyatlarni yakunlashiga guvoh bo'lamiz. Aziz Xolmurodov va Asad Sobirjonov ham bu muammoni engilashtiradi. "Bunyodkor"da ham yarim himoyachilar hujumga tez-tez qo'shiladi. Hujumchilar borasida ham tenglik kuzatildi.

Darvozada — OKMK

Himoyada — "Bunyodkor"

Yarim himoyada — tenglik

Hujumda — tenglik

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
09 fev 09:48:45
Абдугаффор . N
Окмк кучли буса керак
   
10 fev 10:52:45
Samsung
Mirjalol aka ishalavotgan klub kuchli
   
09 fev 10:53:01
Маматов Муҳаммад
Бунёдкор тарихан кучли
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика