So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  18 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Bugun futbol. Oltita hakam ishlaydigan o'yinda kim g'olib bo'ladi? Yangiliklar

Bugun futbol. Oltita hakam ishlaydigan o'yinda kim g'olib bo'ladi?

Bugun O'zbekiston Kubogining yarim finalidan o'rin olgan "Lokomotiv" va "Nasaf" o'rtasida dastlabki uchrashuv bo'lib o'tadi.

TTZdagi "Lokomotiv" stadionida kechadigan bahs 19:30da boshlanadi. Kuni kecha Kubokning yarim final narigi juftligida "Bunyodkor" - "Dinamo" bahsi bo'lib o'tdi va unda 0:0 hisobi qayd etildi. 

Bugungi o'yinning eng muhim jihatlaridan biri maydonda olti nafar hakamning ishlashi bo'ladi. Biz ham Evropadan andoza olgan holda Kubok o'yinida darvoza yonida turadigan hakamlar xizmatidan ham foydalanamiz. Bosh hakam vazifasini Ravshan Ermatov bajaradi. Abdulhamid Rasulov bilan Jahongir Saidov qanotlarda ko'mak berishadi. Darvozalar yonida esa Valentin Kovalenko bilan Ilgiz Tantashev ishlashadi. Ruslan Serazitdinov zaxira hakami vazifasini bajaradi. 

Bunday hol O'zbekistonda birinchi bor kuzatilayotgani yo'q. Avvalroq birinchi liga vakili "NBU-Osiyo" ishtirokidagi o'yinda ham oltita hakam ishlagandi. Lekin bugungisi juda qiziq va ko'proq etiborga molik bo'lsa kerak. Negaki o'yin ahamiyati yuqori, maydonda "Lokomotiv" va "Nasaf" klublari bahs olib borishadi, bo'lib ham Kubokning yarim final uchrashuvi.


1/2 finalga kim qanday etib keldi? 

"Lokomotiv" bu yil O'zbekiston Kubogidagi ishtirokini nim chorak finaldan "Qizilqum"ga qarshi boshladi. Birinchi o'yinda "Loko" o'z maydonida yirik hisobda g'alaba qozonib, javob bahsida durang qayd etdi. CHorak finalda esa jamoa ikki o'yin natijasiga ko'ra "Buxoro"dan ustun keldi. 

1/8 final

"Lokomotiv" - "Qizilqum" 5:0 

"Qizilqum" - "Lokomotiv" 1:1 

1/4 final

"Buxoro" - "Lokomotiv" 0:0

"Lokomotiv" - "Buxoro" 3:0 

"Nasaf" esa musobaqaga 1/16 finaldan kirishdi. Toshkentdagi TTYMI stadionida kechgan bahsda "Lokomotiv-BFK" 7:0 hisobida mag'lub etildi. Keyinchalik ikkita uchrashuvdan iborat bahslar boshlandi va "Nasaf" dastlab "Paxtakor"ni, so'ngra "Qo'qon-1912"ni musobaqadan chiqarib yubordi.

1/16 final 

“Lokomotiv-BFK” - “Nasaf” 0:7

1/8 final 

"Paxtakor" - "Nasaf" 0:3 

"Nasaf" - "Paxtakor" 1:0 

1/4 final 

"Nasaf" - "Qo'qon-1912" 4:1 

"Qo'qon-1912" - "Nasaf" 2:2


Kubokda kimlar nechta gol urdi?

"Lokomotiv" bu yil hisobidan Kubokda hozircha to'rtta o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 9ta gol urdi. Jaloliddin Masharipov va Diyor Turopov hozircha ikkita gol bilan "temiryo'lchilar" to'purari bo'lib turishibdi.

Kubokda gol urgan futbolchilar: 

Jaloliddin Masharipov - 2

Diyor Turopov - 2

Marat Bikmaev - 1

Murod Bobojonov - 1

Sadriddin Abdullaev - 1

Aziz Amonov - 1

Sardor Mirzaev - 1

"Nasaf" esa raqibiga qaraganda bitta ko'p o'yin o'tkazgan, chunki jamoa o'z ishtirokini 1/16 finaldan boshlagan. SHu bois ham urgan gollari ko'proq - 17ta. Agar birgina "Loko-BFK" darvozasiga kiritilgan ettita golni hisobga olmasak, "Nasaf" buyog'iga to'rtta o'yinda 10ta gol urgan bo'lib chiqadi. 

"Nasaf"ning Kubok o'yinlaridagi eng yaxshi to'purari SHahboz Erkinov. Uning hisobida beshta gol bor. Keyingi o'rinda to'rtta gol bilan Bahrom Abdurahimov bormoqda. Qizig'i shundaki, Abdurahimov "Paxtakor" va "Qo'qon-1912" darvozasiga ikkitadan to'p kiritgan. Uchinchi o'rindagi Dilshod Rahmatullaev hisobida esa ikkita gol bor.


Kubokda gol urgan futbolchilar: 

SHahboz Erkinov - 5

Bahrom Abdurahimov - 4

Dilshod Rahmatullaev - 2

Bobir Abduxoliqov - 1

SHerzod Azamov - 1

Dragan CHeran - 1

Dilshod Xushbakov - 1 

Islom Kenjaboev - 1

Jasur Hasanov - 1 

Bugun kimlarni kuzatamiz? 

TTZda qiziqarli o'yin bo'lishi kutilmoqda. Avvalgi bosqichda ikkala jamoa ham qiyin uchrashuvni o'tkazdi. "Lokomotiv" o'z maydonida "Buxoro"ni faqat qo'shimcha bo'limlardagina yutdi. "Nasaf" esa safarda Qo'qon jamoasiga 0:2 hisobida yutqazayotib arang durang qildi. Kubok o'yinlaridan kelib chiqqan holda bugun etibor ko'proq "Lokomotiv"dan Ikrom Aliboev bilan Jaloliddin Masharipovga, "Nasaf"dan esa Bahrom Abdurahimov bilan Dishod Rahmatullaevga qaratiladi. Bugung shuningdek, SHuhrat Muhammadiev bilan Jasur Hasanovning sobiq klublariga qarshi kurashiga guvoh bo'lamiz. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика