So’nggi yangiliklar

01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  1 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  0 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2 20:12Антонио Конте Стерлингни "Наполи"да кўришни истамоқда  2 19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  13

Bugun futbol. "Navbahor" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Navbahor" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 19-turidan o'rin olgan uchta bellashuv o'tkaziladi. "Navbahor" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvga turning markaziy o'yini sifatida qaralmoqda. CHunki ikkala jamoa ham bugun eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qiladi. Uchrashuvni bahraynlik hakam Navaf SHukrulla boshqarib borishi esa o'yinga bo'lgan qiziqishni yanada orttiradi. 

Turnir jadvalida "Paxtakor" 42 ochko jamg'argan holda yakka peshqadamlik qilmoqda. "Paxtakor" o'zining eng yaqin taqibchisi "Bunyodkor"dan olti ochkoga o'zib ketgan. "Navbahor" esa 31 ochko yig'ib 4-o'rinni egallab turibdi. 

"Navbahor" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa o'tgan yildan beri o'z maydonida yutqazgani yo'q. Namanganliklar so'nggi bor 2016 yilning 27-turida uyda "Qizilqum"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. SHundan so'ng jamoa oxirgi uchta turni safarda o'tkazgan. 

O'tgan yilgi mavsumda "Navbahor" o'z maydonida 15ta o'yin o'tkazib, shundan 10tasida g'alaba qozongan va besh bor durang o'ynagandi. To'plar nisbati 24-11. Bu yil esa "Lochinlar" 9ta o'yinda harakat qilib, shundan 7tasida zafar quchishdi va ikki bor durang qayd etishdi. To'plar nisbati 17-2. Demak, "Navbahor" o'z uyida 24ta uchrashuvdan beri mag'lub bo'lmay kelmoqda va bugun ham shu ananani davom ettirishga harakat qiladi. 

Bilasizmi? "Navbahor" Superliga bahslari doirasida o'z maydonida faqat ikkita to'p o'tkazib yuborgan: "Bunyodkor" va "Neftchi"dan bittadan. 

Fakt: "Navbahor" oxirgi beshta turning faqat ikkitasida g'alaba qozondi. Har ikkala g'alaba uydagi o'yinlarda qo'lga kiritildi: "Qo'qon-1912" 3:0 va "So'g'diyona" 2:0. 

Turnir jadvali peshqadami "Paxtakor" bugun ushbu mavsum hisobidan safardagi 10-uchrashuvda maydonga tushadi. Bungacha o'tkazilgan 9ta bahsning 5tasi g'alaba bilan yakun topgan. Jamoa ikki martadan durang va mag'lubiyat qayd etgan. Safar o'yinlarida to'plar nisbati 13-6. 

Fakt: "Paxtakor" oxirgi uch turni ketma-ket uchta g'alaba bilan yakunladi. Jamoa o'z maydonida "Buxoro" va "Metallurg", safarda "Qizilqum"ni mag'lub etdi. O'tgan yil Namanganda kechgan o'yinda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishgan.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика