Bugun 21:00. Suriya - O'zbekiston. "Qizil burgutlar" haqida nimalarni bilish kerak?
12 noy 2020 08:00
Yangiliklar
Bugun 21:00. Suriya - O'zbekiston. "Qizil burgutlar" haqida nimalarni bilish kerak?
O'quvchilarimiz etiboriga Suriya terma jamoasi haqidagi malumotlarni keltiramiz.
Suriya Osiyoning kuchli terma jamoalari qatoriga kirmaydi. SHunga qaramay ushbu jamoa xalqaro maydonda bir qator yutuqlarga erishgan. 1958 yilda Suriya Jahon chempionati saralashida ishtirok etgan. SHu tariqa mundial saralashida qatnashgan Osiyoning dastlabki jamoalaridan biriga aylangan. Aslida bu jamoa 1966 yilgi mundial saralash bosqichida Isroil bilan birga Evropa qitasi saralashida ishtirok etishi lozim bo'lgan. Biroq Afrika va Osiyo qita jamoalarining "boykoti"ga qo'shilgan hamda saralashda qatnashishdan bosh tortgan.
Ushbu jamoaga hech qachon mundial final bosqichiga chiqish nasib qilmagan. 1986 yilda Suriya Jahon chempionatiga chiqishga juda yaqin kelgandi. Ammo Iroqdan uchralgan mag'lubiyat tufayli mamlakat orzusi amalga oshmay qolgandi. 2014 yilgi saralash bahslarida Suriya safida mumkin bo'lmagan futbolchi (Jorj Murod) harakat qilgani uchun FIFA jamoani diskvalifikaciya qilgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Bu o'yinchi SHveciya yoshlar terma jamoasi safida o'ynagan va boshqa jamoa safida o'ynashi uchun FIFAdan ruxsat olishi lozim bo'lgan.
2018 yilgi mundialga chiqish uchun ham Suriya juda yaqin kelgandi. Uchinchi saralash bosqichida ushbu jamoa O'zbekiston birga bir guruhdan joy olganini o'quvchilarimiz juda yaxshi eslashadi. Suriya oxirgi turda Eron bilan Tehronda durang o'ynab, 3-o'rinni egallagan va pley-offga chiqqandi. O'zbekiston esa 4-o'ringa tushib qolgandi. Pley-offda Suriya Avstraliya bilan tengma-teng o'yinlarda umumiy hisobda 2:3 hisobida yutqazib qo'ygan.
"Qizil burgutlar" o'z tarixida olti bor Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etgan. Biroq har safar musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo'lishgan. 2019 yil yanvar oyida BAAda o'tgan Osiyo Kubogida Avstraliya, Iordaniya va Falastin bilan bir guruhdan joy olgan bo'lajak raqibimiz Falastin bilan durang o'ynagan, ikki marta mag'lub bo'lgan va 4-o'rinni band etgandi.
2012 yilda Suriya G'arbiy Osiyo kubogi finalida Iroqni mag'lub etib, ilk bor chempionlikni qo'lga kiritgan. Hozirga qadar aynan mana shu g'oliblik jamoa uchun so'nggi eng yirik yutuq bo'lib qolmoqda.
Pandemiya tufayli Suriya terma jamoasi 2020 yilda hozirga qadar umuman o'yin o'tkazgani yo'q. Bu jamoaning eng so'nggi o'yini 2019 yil 19 noyabr sanasida JCH-2022 saralashi doirasida Filippinga qarshi bo'lib o'tgandi. Dubayda kechgan bahsda Suriya 1:0 hisobida zafar quchgandi.
SURIYA TERMA JAMOASI
Laqabi - qizil burgutlar
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy - Nabil Malul (Tunis)
Sardor - Omar Al Soma
Eng ko'p o'yin o'tkazgan - Musab Balxush (88)
Eng ko'p gol urgan - Firas Al Xatib (36)
Uy stadioni - "Abbosiyan" va "Aleppo" Xalqaro stadioni
FIFA kodi - SYR
FIFA reytingidagi o'rni - 79 (2020 yil 2 oktyabr)
Birinchi rasmiy o'yin
1949 yil 20 noyabr
Turkiya - Suriya 7:0
Eng yirik g'alaba
1997 yil 4 iyun
Suriya - Maldiv orollari 12:0
2001 yil 30 aprel
Suriya - Filippin 12:0
Eng yirik mag'lubiyati
1949 yil 25 noyabr
Greciya - Suriya 8:0
1951 yil 16 oktyabr
Misr - Suriya 8:0
Osiyo Kubogidagi ishtiroki - 6 marta (birinchisi 1980)
Eng yaxshi natijasi - guruh bosqichi (1980, 1984, 1988, 1996, 2011 va 2019)
Jahon chempionati final bosqichiga chiqmagan.
Sovrinlari
G'arbiy Osiyo Futbol Federaciyasi chempionati
CHempion - 2012
Vice-chempion - 2000 va 2004
Arab millatlar kubogi
Vice-chempion - 1963, 1966, 1988
Pan-Arab o'yinlari
CHempion - 1957
Vice-chempion - 1953, 1997
O'rtaer dengizi o'yinlari
CHempion - 1987
G'arbiy Osiyo o'yinlari
Vice-chempion 1997, 2002 va 2005
BOSH MURABBIY
2020 yil mart oyida tunislik Nabil Malul Suriya terma jamoasiga bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkandi. Malul Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ilk intervyusida jahon chempionatiga chiqish maqsadi borligini aytib o'tgandi.
- "Oldimga qo'yilgan asosiy vazifa Suriya xalqini xursand qilish. Ularni xushnud etish uchun terma jamoa 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqishi lozim. Men buning uchun nima qilish kerakligini juda yaxshi bilaman va maqsad yo'lida bor kuchimni ayamayman. Suriya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqishni uddalasa bo'ladi. Men futbolchilarga ishonganim uchun ham suriyaliklar taklifini qabul qildim. Terma jamoa azolari Misr, Turkiya, Quvayt, Gollandiya kabi mamlakatlarda o'ynashadi va ularning kuchi menga malum. Albatta, vazifani bajarish son bo'lmaydi, lekin bor kuchimni ishga solaman. Yagona xohishim bitta: Suriya bilan jahon chempionatiga borish", - deydi tunislik murabbiy.
SURIYAGA QARSHI OLTINCHI TO'QNASHUV
O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan shu kunga qadar besh marta o'zaro o'yin o'tkazgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda. Ikkala jamoa ham ikkitadan g'alabaga erishgan va bir bor durang qayd etilgan.
Etiborlisi O'zbekiston terma jamoasi ikkala g'alabani ham Toshkentda qo'lga kiritgan. Suriyaga qarshi ikki bor neytar maydonda o'ynaganmiz va ikki bor yutqazganmiz.
Dastlabki uchrashuv 1996 yil BAA mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida bo'lib o'tgan. O'shanda Suriya 2:1 hisobida zafar quchgan, biroq ikkala jamoa ham guruhda qolib ketgandi. Bizdan yagona golni "Neftchi" afsonasi Sergey Lebedev penaltidan urgandi.
Navbatdagi ikki o'yinni ko'pchilik yaxshi eslaydi. JCH-2018 saralashi doirasida dastlab Toshkentda o'tgan bahsda vakillarimiz Aleksandr Geynrixning urgan yagona goli evaziga g'alaba qozonishgan - 1:0. Suriyadagi siyosiy vaziyat tufayli Malayziyada tashkil etilgan uchrashuvda esa Suriya so'nggi daqiqalarda Omar Xarbin tomonidan penaltidan urgan goli tufayli zafar quchishgan - 1:0.
2018 yil Toshkentda o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan. Bizdan Marat Bikmaev penaltidan gol urib hisobni ochgandi. Bunga Omar Al Soma javob bergan edi.
2019 yil yana Toshkentda kechgan o'rtoqlik bahsida O'zbekiston terma jamoasi 2:0 hisobida zafar quchgandi. Eldor SHomurodov dublga erishgandi.
TARKIB
Suriya noyabr oyida BAAda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bugun O'zbekiston bilan, 16 noyabrda Iordaniya bilan. Nabil Malul mazkur yig'inga 27 nafar futbolchini chaqirdi. Ulardan 7 nafari legioner hisoblanadi. Ro'yxatda SHveciya, Turkiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Iroq va Misr chempionatlarida o'ynaydigan futbolchilar o'rin olgan. Suriya terma jamoasi yulduzi Omar Al Soma bu yig'inga chaqirilmagan.
O'zbekiston va Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:
Darvozabonlar
Ibrohim Alma ("Al-Xorjelah")
Ahmad Madaniya ("Tishrin")
Taha Musa ("Al Vahda")
SHahar Al SHaker ("Xuttin")
Himoyachilar
Moayad Ajan ("Al Vahda")
Omar Midani ("Al Ittihod", Misr)
Hussayin Jvayed ("Xuttin")
Xolid Kurdagli ("Tishrin")
Yussuf Al Xamvi ("Al Jayish")
Abdulrazzoq Al Muhammad ("Tishrin")
Faris Arnaut ("Xuttin")
Yussuf Muhammad ("Al Vahda")
Yarim himoyachilar
Mahmud Al Mavas ("Botoshani", Ruminiya)
Muhammad Marmur ("Tishrin")
Vard Al Salama ("Tishrin")
Muhammad Osman ("Al Xaraytiat", Qatar)
Aias Aosman ("Tuzlaspor", Turkiya)
Muhammad Anz ("Al Ittihod")
Txaer Krouma ("Naft Al Basra", Iroq)
Kamel Xmeisheh ("Tishrin")
Maher Daaboul ("Tishrin")
Simon Amin ("Orebro", SHveciya)
Muhammad Rayxaniya ("Al Ittihod")
Hujumchilar
Omar Xarbin ("Al Hilol", Saudiya Arabistoni)
Mardik Mardikian ("Xuttin")
Alaa Al Dali ("Tishrin")
Muhammad Malta ("Tishrin")
Eslatib o'tamiz, Suriya - O'zbekiston uchrashuvi 12 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. Bahs "SHarja" stadionida bo'lib o'tadi.
Narzulla Saydullaev tayyorladi
Fikrlar