So’nggi yangiliklar

00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  19 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2

Bugun 17:30. Avstraliya U-23 - O'zbekiston U-23 yoxud Olimpiada yo'llanmasi uchun bahs! Yangiliklar

Bugun 17:30. Avstraliya U-23 - O'zbekiston U-23 yoxud Olimpiada yo'llanmasi uchun bahs!

Bugun Tailanddagi U-23 Osiyo chempionatida 3-o'rin sohibi malum bo'ladi.

Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Avstraliya bilan to'qnash keladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:30da boshlanadi. Uchrashuv Bangkok shahridagi "Rajamangala" stadionida bo'lib o'tadi.


AVSTRALIYA BOSIB O'TGAN YO'L

Avstraliya musobaqani Iroq qarshi o'yinda 1:1 hisobidagi durang bilan. So'ngra mezbon Tailand mag'lub etildi - 2:1. Guruhdagi so'nggi uchrashuvda Bahrayn bilan durang o'ynadi - 1:1. CHorak finalda Avstraliya Suriyani qo'shimcha taymlarda mag'lub etib yarim finalga chiqdi - 1:0. Yarim finalda Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida imkoniyat boy berildi.

Avstraliyani oldin ham yutganmiz        


O'YINOLDI MATBUOT ANJUMANI

“Juda muhim uchrashuv ekanligini bilib turibmiz. Bu oson o'yin bo'lmaydi. Avstraliya ancha jiddiy raqib. Raqib jamoa tarkibida bir qator tajribali va mahoratli o'yinchilar bor. Raqib taktikalarini kuzatib chiqdik. Ertaga bor maksimumizni ishga solamiz. Zero, bo'lajak bahs o'zbek muxlislari va xalqi uchun muhimligini tushunib turibmiz. Umid qilamizki, Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishni uddalaymiz”, – dedi kecha Lyubinko Drulovich. 

Biz oldindagi o'yinni intiqib kutyapmiz. Musobaqaning ushbu bosqichida kuchsiz jamoa qolmagan. O'zbekiston – juda kuchli raqib. Biz yana bittagina o'yinni yaxshi darajada o'tkazishimiz kerak. SHuning o'zi ham Olimpiada chiqish uchun etarli bo'ladi. Biz o'yinga 2 xil uslubda tayyorlandik. To'p bizda bo'lgan holatlar uchun va yana to'psiz vaziyatlarda qanday harakatlanish bo'yicha hozirlik ko'rdik. O'zbekistonning kuchli tomonlarini yopib, kuchsiz jihatlaridan unumli foydalanishga urinamiz. Men shu yoshdagi yigitlar bilan ham ishlashga rozilik berdim. Sababi ularni milliy terma jamoaga tayyorlab bormoqchiman. Biz – murabbiylar shtabi yigitlarning Olimpiadada ham qatnashishini istayapmiz. Zero ushbu musobaqa – muhimligi jihatidan Jahon chempionati darajasida, menimcha, - dedi kecha Avstraliya bosh murabbiyi Grem Arnold.


U-23 Osiyo chempionati. O'zbekiston va Avstraliyaning statistikasi qanday?         


HAKAMLAR

Avstraliya va O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuvni BAAlik Muhammad Abdulla Hassan Muhammad boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Malumot uchun, Hassan Muhammad 1978 yilda tug'ilgan va 2010 yildan buyon FIFA hakami sifatida ishlab kelmoqda.


U-23 Osiyo chempionati
Uchinchi o'rin uchun bahs
Avstraliya - O'zbekiston
25 yanvar 2020 yil. Bangkok. "Rajamangala" stadioni. 17:30 (Toshkenti vaqti)
Bosh hakam:
Muhammad Abdulla Hassan Muhammad (BAA)
Qanot hakamlari: Muhammad Ahmad Abdulla Al Hammadi va Hasan Muhammad Hasan Abdulla Al Mahri (ikkisi BAA)
To'rtinchi hakam: Sivakorn Pu Udom (Tailand)
VAR hakami: Abdulrahmon Ibrohim Al Jassim (Qatar)
VAR yordamchi hakamlari: Umar Muhammad Ahmad Hassan Al Ali (BAA) va Hamis Muhammad Al Marri (BAA)



Australia U23

AFC U23 Championship Final Stage . bronze-tur

25/01/2020, 17:30

0
:
1
Tugadi

Uzbekistan U23

45'
90'



Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика