Bugalo va Pishur “Bunyodkor” bilan yangi shartnoma tuzishdi
23 dek 2013 15:05
Yangiliklar

Bugalo va Pishur “Bunyodkor” bilan yangi shartnoma tuzishdi
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mavsumlar oralig'ida o'z tarkibiga yangi futbolchilarni qo'shib olishni davom ettiryapti.
“Bunyodkor” uchun begona bo'lmagan darvozabon – Pavel Bugalo yana “qaldirg'ochlar” safiga qaytdi. U 2007-2009 yillar mobaynida “Bunyodkor” tarkibida O'zbekiston chempionati, mamlakat kubogi va Osiyo CHempionlar ligasi bahslarini qo'shib hisoblaganda jami 69ta uchrashuvda maydonga tushgan. Bugalo jamoamiz safida O'zbekiston chempioni (2008-2009), O'zbekiston kubogi sohibi (2008) va Osiyo CHempionlar ligasi yarim finalchisi (2008) degan sharafli nomga sazovor bo'lgan. 2013 yilning birinchi davrasini Toshkentning “Lokomotiv” klubida o'tgan darvozabon keyinchalik erkin agentga aylangan edi. Endilikda tajribali posbon bilan “Bunyodkor” bir yillik shartnoma tuzdi.
O'zining 19ta goli bilan 2013 yilgi O'zbekiston chempionati to'purari nomiga ega chiqqan Oleksandr Pishur bugun “Bunyodkor” bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Bungacha Sasha klub raxbariyati bilan og'zaki kelishuvga erishgan edi. 23 dekabr kuni esa bu kelishuv xujjatda rasmiylashdi.

Fikrlar