Buffon: “To'g'risini aytsam, qachon faoliyatimni yakunlashimni bilmayman”
09 okt 2018 07:31
Yangiliklar
Buffon: “To'g'risini aytsam, qachon faoliyatimni yakunlashimni bilmayman”
Jiji Buffon kelajagi haqida fikr bildirdi.
“Oxirgi yillarda o'zimga chegara qo'yib xato qilganimni tushunib etdim. 32 yoshda 35 yoshimgacha o'ynayman deb o'yladim. Keyin esa 38 yoshda tugataman deb qaror qildim. 38 yoshimda esa o'zimga o'zim 40 yoshimda to'xtashga vada berdim. Hayot esa menga yanada futbolda bo'lish imkoniyatini berdi. Yarim yoki bir yil balki 10 yildan keyin futboldan ketarman. To'g'risini aytsam, qachon tugatishni bilmayman va bilishni ham istamayman. Maydonda va kiyim almashtirish xonasida beriladigan hislarni hech qaer menga taqdim qila olmaydi. Ammo baribir futboldan ketishimga to'g'ri kelishini bilaman. SHunisini ham bilamanki, men unda ketishga tayyor bo'laman”,—deydi Buffon.
Fikrlar