Buffon Italiya kubogini uchta turli o'n yillikda yutdi
20 may 2021 09:27
Yangiliklar
Buffon Italiya kubogini uchta turli o'n yillikda yutdi
"Yuventus" "Atalanta"ni mag'lubiyatga uchratib, Italiya kubogini qo'lga kiritdi.
Turinliklar posboni Janluiji Buffon ushbu sovrinni faoliyatida 6-marotaba qo'lga kiritdi. Bir marotaba u "Parma" safida (1999 yil) Italiya kubogini yutgan. Qolgan 5 tasini esa "Yuventus" bilan (2015, 2016, 2017, 2018, 2021) qo'lga kiritgan.
SHu tariqa, 43 yoshli Buffon Italiya kubogini uchta turli 10 yillikda yutgan darvozabonga aylandi.
Fikrlar