"Bu sharmandalik". Loris "Tottenxem"ning Evropa Ligasidan chiqib ketgani haqida
19 mar 2021 11:51
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/626066_original.jpg)
![](/upload/storage/626066_220.jpg)
"Bu sharmandalik". Loris "Tottenxem"ning Evropa Ligasidan chiqib ketgani haqida
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris jamoa Evropa Ligasini tark etganidan so'ng jurnalistlar bilan gaplashdi.
1/8 finalda Angliyaning top-klubi Zagrebning "Dinamo" jamoasidan kuchsizligi bilinib qoldi. Xorvatiya jamoasi mehmondagi 0:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng, o'z uyida London klubini 3:0 hisobida taslim etdi.
"Jamoa juda xafa. Bu sharmandalik. Umid qilamanki, har bir o'yinchi o'zida javobgarlikni his qilmoqda. Biz albatta gol uramiz deb o'ylagandik, ammo "Dinamo" muvaffaqiyatga ko'proq ishondi.
"Tottenxem" umuman o'yinni nazorat qilmadi. Biz yomon o'ynadik", - deydi darvozabon.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar